Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

4.2 Mehnat muhofazasi xonasi. 
Korxonadagi mehnat muhofazasi xonasi mehnat muhofazasi bo‘yicha 
muhandis-texnik xodimlar ishchi va xizmatchilarning bilimlarini oshirish, 
ularning xavfsizlik texnikasi qoidalarini hamma talablarini ongli ravishda 
bajarish ruhida tarbiyalashning o‘quv-uslubiy markazi bo‘lib xizmat qiladi. Bu 
xonaga mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandis bevosita rahbarlik qiladi. 
Qurilish me’yor va qoidalariga muvofiq xavfsizlik texnikasi xonasining 
maydoni ishchilarning ruyxatdagi soniga bog‘liq holda tanlanadi. Ular 1000 ta 
bo‘lganda -24 m
2
, 1001 dan 3000 tagacha -48 m
2
, 3000 dan 5000 tagacha 
bo‘lganda -72 m

bo‘ladi. Xonada o‘quv ma’lumotnoma-uslubiy va ko‘rgazma 
bo‘limlari jihozlanadi. Xonadagi ishlarni yo‘lga qo‘yish, uning ish rejasini 
tasdiqlash korxona bosh muhandisiga yuklatiladi.
Xonada kirish yo‘riqnomasi o‘tkaziladi, ishchi, xizmatchi va muhandis 
xodimlar mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitiladi. O‘quv maqsadlarida maketlar, 
ko‘rgazmali qurollar, plakatlar, yo‘riqnomalar, korjoma va maxsus poyafzal 
hamda himoya vositalari andozalaridan, ishga yaroqli, yaroqsiz asbob-uskunalar 
namunalari bilan jihozlangan stendlar, diafil’mlar, diapozitiv va kinofil’mlardan 
foydalaniladi.
Ishchilar bilan yillik texnikaviy minimumlar, muhandis-texnik xodimlar 
bilan oylik kengashlar o‘tkazishda tematik kinofil’mlar ko‘rsatish zarur, shunda 
mehnat muhofazasi qoidalari ishlovchilar yodida qoladi. Mehnat muhofazasi 
bo‘yicha bilimlarni oshirish maqsadida turli jurnallarda chop etilgan mehnat 
muhofazasiga oid yangiliklar bilan tanishtirish, mehnat xavfsizligi masalalari 
bo‘yicha ishchilarga ma’lumot berish uchun tsex va bo‘limlarda mehnat 
muhofazasi bo‘yicha burchaklar tashkil 
etiladi. 
Mehnat 
muhofazasi 
burchaklarida uch bosqichli sinov o‘tkazish bo‘yicha hujjatlar to‘planadi, 


54 
mehnat muhofazasiga oid amalda bo‘lgan barcha yo‘riqnomalar osib qo‘yiladi. 
Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoatchi inspektorlar ilg‘or ish tajribasini 
qo‘llaydilar, o‘z korxonalari hamda boshqa korxona va tayyorlash punktlaridagi 
mehnat muhofazasi borasidagi ratsionalizatorlik takliflarini kiritadilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin