Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Kirish yo‘riqnomasi.
Barcha ishga yangi kiruvchilar, boshqa 
korxonalardan xizmat safariga jo‘natilganlar (ish malakasi va stajidan qat’iy 
nazar) amaliyot o‘tayotganlar va shogirdlar kirish yo‘riqnomasini o‘tadilar. Uni 
korxonaning mehnat muhofazasi bo‘yicha mas’ul xodimi yoki shu vazifa 
yuklatilgan boshqa rahbar xodim o‘tkazadi. Agar ishga qabul qilish bevosita 
tsexlarda amalga oshirilsa, kirish yo‘riqnomasini shu tsexning boshlig‘i 
o‘tkazishi kerak.


49 
SHikastlanganlarga dastlabki yordam ko‘rsatish, yong‘in xavfsizligi va 
boshqa maxsus masalalar bo‘yicha yo‘riqnomalarni tegishli mutaxassislar olib 
boradilar.
Kirish yo‘riqnomasi maxsus adabiyot, ko‘rgazmali qurollar bilan 
jihozlangan mehnat muhofazasi xonasida, zamonaviy texnik vositalardan 
foydalangan holda o‘tkaziladi. Kirish yo‘riqnomasi guruh bilan va yakka 
tartibda o‘tkazilishi mumkin. Guruh bilan o‘tkazilganda eshituvchilar soni 10 
kishidan oshmasligi kerak.
Kirish yo‘riqnomasi o‘tkazilganligi haqida maxsus jurnalga va ishchi 
qo‘liga topshiriladigan ishga kirish varaqasiga yozib qo‘yiladi.
Kirish yo‘riqnomasining dasturi:
1
. korxona to‘g‘risida umumiy ma’lumot. 
2. mehnat muhofazasi

Havfsizlik standartlari tizimlari hakida umumiy ma’lumot. Ish vaqti va 
dam olish vaqti. Ayollar va balog‘atga yetmaganlar mehnatini muhofaza qilish.
Davlat, tarmoq va jamoat nazorati. Korxonada baxtsiz hodisalarni taftish qilish. 
Ichki mehnat tartibi qoidalari. 
3.Xavfsizlik texnikasi.
Xavfli, zararli ishlab chiqarish omillari va ulardan himoyalanish. Ishlab 
chiqarishda baxtsiz hodisalarning va kasb kasalliklarining asosiy sabablari. 
Xavfsizlik standartlari tizimlarida ishlab chiqarish jarayonlariga va uskunalariga 
qo‘yiladigan 
talablar. 
Uskunalarning 
asosiy 
xavfsizlik 
qoidalari. 
Ogohlantiruvchi, to‘suvchi va signal beruvchi vositalar. Xavfsizlik ranglari va 
belgilari. Elektr toki bilan jarohatlanish xavfini oshiruvchi sharoitlar. 
Jarohatlarning oldini olish tartiblari.
Ish joyini xavfsiz tashkil qilish va saqlashga qo‘yiladigan talablar. Yuk 
ko‘tarish va tashish mexanizmlari, ichki transport vositalaridan xavfsiz 
foydalanish qoidalari.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin