Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Blokirovka qurilmalari
. Blokirovka – bu mexanizmlarni yoki ularning 
qismlarini muayyan holatda ishonchli mahkamlashni ta'minlaydigan vositalardir. 
Mashina, mexanizmda blokirovka qurilmalarining va boshqa saqlagich 
vositalarning bo‘lishi ishlovchining xavfsizligini ta'minlay olmaydigan hollarda 
qo‘llaniladi. Masalan, agregatda to‘siq bo‘lishi ishchi shikastlanmaydi, degan gap 
emas, chunki ba'zi hollarda mexanizm yoki mashina to‘siqlarsiz ham ishlashi 
mumkin. Lekin ajralish tekisligiga to‘siq olinganda elektr zanjirni uzadigan 
kontaktlar o‘rnatilsa, bunda to‘siq bo‘lmaganda uskuna ishga tushmaydi. Uskuna 
to‘siq o‘rnatilgandan va kontakt ulangandan keyingina ishga tushadi. Bunday 
konstruktsiyadagi blokirovka qurilmalari metallga ishlov beradigan stanoklarning 
barcha turlarida o‘rnatiladi.
Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasida sodir bo‘lgan yoki sodir bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan xavfsizliklardan ximoyalash uchun signalizatsiyadan keng 
foydalaniladi. Vazifasiga qarab signalizatsiyalar ogohlantiruvchi (mehnat 
xavfsizligiga rioya qilish to‘g‘risida ogohlantiradi, transport vositalarining 
harakatini boshqarish), avariya haqida (xavfli ish tartibi sodir bo‘lganligi 
to‘g‘risida xabar) nazoratlovchi (ishlab chiqarish jarayonidagi harorat, bosim, 
suyuqlik miqdori va boshqalarni nozorat etish) va gaplashishga oid (bir mexanizm 
yoki agregatga xizmat ko‘rsatuvchi, bir guruh odamlar bilan operativ, ovozli va 
ko‘rish signallarini shartli bog‘lanishlaridir). 
Harakati bo‘yicha quydagi turdagi signalizatsiyalardan foydalaniladi: yorug‘lik, 
ovozli, rangli, va belgi o‘rnatish. Yorug‘lik signalizatsiyalari transport vositalarida 
xavfsizlik vositasi sifatida keng foydalaniladi. Ular oldindan va orqadan 
kelayotgan transportdan ogohlantiradi. Shu maqsadda transportvositalari har xil 
signalizatsiya yoritish asboblari: faralar, o‘lchamlarini, burilishni ko‘rsatuvchi 
chiroqlar, stop-signallar bilan jihozlanadi. 
GOST 12.4.026-76 quyidagi signal ranglarini va vazifalarini belgilaydi: qizil –
«man etish», «stop», «yaqqol xavflilik», sariq - «diqqat», «mumkin bo‘lgan xavf 
to‘g‘risida ogohlantirish», yashil – «xavfsiz», «ruxsat etiladi», «yo‘l ochiq», ko‘k –
«informatsiya». 
Oxirgi vaqtlarda ishchi kiyimi va korjomalarini bo‘yash muammosiga juda 
katta e'tibor berilmoqda. An'anaviy qora va to‘q ko‘k ranglarni boshqa och ranglar 
bilan almashtiriladi. Xavfli doirada ishlovchi odamning kiyimi ish joyidan keskin 
ajralib turishi maqsadga muvofiqdir. Ochiq havoda ishlaganda to‘q sariq rangdagi 
kiyim maqsadga muvofiqdir. Bunday kiyimlarni temir yo‘llarni ta'mirlayotgan va 
yo‘l qurilishi ishlarida ishlayotgan ishchilar kiyadi.
Avtomatik ulash qurilmalari traktorni tirkama yoki osma mashinalar bilan 
avtomatik ulashni ta'minlab beradi. Avtomatik ulashlarni keng miqyosda ishlab 
chiqarishga tadbiq etilishi mashinalarni agregatlashda sodir bo‘ladigan 
jarohatlanishlarni butunlay yo‘qotadi. 


47 
Masofadan turib kuzatish va boshqarish shu sharoitlarda olib boriladiki, 
operatorni ish doirasida xavfsizlik nuqtai nazardan yoki texnologik sabablarga 
ko‘ra mumkinmasligi, shungdek ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash va 
avtomatlashtirish sharoitida samarasizdir. Masofadan kuzatish maxsus datchiklar
signalizatorlar, teleekranlar va nazorat-o‘lchov asboblari orqali olib boriladi. 
Masofadan turib boshqarish tizimlari, elektron-mashinalarida bajariladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin