4. Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va mablag‘ bilan taminlash Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasiga doir ishlar tashkiliy-texnik
tadbirlarning kompleks rejasi asosida amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni korxona
ma`muriyati mahalliy kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan birgalikda ishlab chiqadi.
Kompleks reja yillik, besh yillik yoki ko‘p yillik rejalardan tashkil topadi Bunda
fan va texnikaning mehnat muhofazasi sohasida erishgan yutuqlari hamda
korxonaning rivojlanish istiqbollari hisobga olinadi.
Ishning bajarilishini nazorat qilish xavfsizlik yo‘llari bo‘yicha muhandis
zimmasiga, uni amalga oshirishga javobgarlik esa korxona tsexlari, bo‘limlari,
bo‘linmalari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi. Maxsus mablag‘ni va moddiy
ta`minotni talab qiluvchi tadbirlar jamoa shartnomasiga ilova qilinadigan rejaga
kiritiladi. Jamoa shartnomasini har yili korxona rahbari ishchi-xizmatchilar
nomidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan tuzadi. Jamoa shartnomasiga kiritilgan
mehnat muhofazasiga dior tadbirlarning bajarilishiga ajratilgan mablag‘lar ishlatib
bo‘linganligi haqida maxsus dalolatnoma tuzilib, unga korxona kasaba uyushmasi
qo‘mitasi raisi va korxonaning bosh muhandisi imzo chekadilar.
Mehnat muhofazasiga doir tadbirlar quyidagi mablag‘lar hisobiga ta`minlanadi: -davlat va markazlashtirilmagan kapital mablag‘lar, shu jumladan ishlab chiqarishni rivojlantirish jamg‘armasi, ijtimoiy-madaniy va uy-joy qurilishi jamg‘armasi hamda korxona jamg‘armasi; -agar tadbirlar asosiy vositalarni kapital tuzatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladigan bo‘lsa-amortizatsiya jamg‘armasi; -agar xarajatlar kapital xarajatlar bo‘lsa-asosiy faoliyat, tsex va umumxarajat mablag‘lari; -yangi texnikani joriy etish yoki ishlab chiqarishni kengaytirish uchun bank tomonidan beriladigan qarzlar. O‘ta zararli ishlab chiqarishida band bo‘lgan xodimlar kasallanishining oldini
olish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini bepul berish ko‘zda tutilib, issiq nonushta
yoki tushlik tarzida beriladi. Bundan maqsad kasb kasalliklarining oldini olish va
mehnatkashlar sog‘ligini mustahkamlashdan iborat bo‘ladi. Bevosita zararli
sharoitda ishlaydigan ishchi-xizmatchilarga bepul sut yoki uning o‘rnini bosuvchi
boshqa mahsulot beriladi.