Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Ishlab chiqarish sanitariyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

4.Ishlab chiqarish sanitariyasi

Ishlab chiqarish muhitining asosiy sanitariya-gigienik omillari. Mehnat 
sharoitini yaxshilash bo‘yicha asosiy tadbirlar (texnik va tashkiliy, sanitariya-
gigienik, davolash-profilaktik). Ish joylari havosini almashtirishning zarurati va 
tuzilishi. Yorug‘likni to‘g‘ri tashkil qilish. SHovqinga qarshi tadbirlar.
5.SHaxsiy himoya vositalari
, ulardan foydalanish me’yor va qoidalari. 
Himoya vositalariga qo‘yiladigan talablar. Korjomalar maxsus poyafzallar. Qo‘l, 
bosh, yuz, ko‘z, nafas a’zolari, quloqni himoya qilish. Ogohlantiruvchi 
moslamalar. 
6.SHaxsiy gigiena qoidalari
. Sanitariya kiyimlari, poyafzallari va 
vositalariga qo‘yiladigan talablar. 
7.Korxonada yong‘in xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar

8.Mexanik jarohat olganda, kuyganda, kislota
va ishqorlar bilan 
kuyganda zaharlanishda, elektr va ko‘z jarohatlari olgandagi dastlabki yordam.
9.Xavfsizlik 
texnikasi
yo‘riqnomalari 
buzilganda 
qo‘llanadigan 
javobgarlik. 


50 
Ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma. 
Barcha ishchilar kirish 
yo‘riqnomasidan tashqari ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnomalarni xam 
bilishlari lozim. Ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnomadan maqsad-har bir 
ishchini to‘g‘ri va xavfsiz ish usullariga o‘rgatish hisoblanadi. Yo‘riqnomani 
o‘tkazish jarayonida ishchiga u ishlaydigan uskunada bajariladigan texnologik 
jarayon, uning harakat uzatish mexanizmlari, xavfli joylari, konstruktiv 
xususiyatlari, paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflar, ishni xavfsiz bajarish 
usullari, ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish va shu kabi masalalar tushuniladi.
Yo‘riqnoma o‘tkazish ishchining bevosita rahbari bo‘lgan ustaga 
yuklatiladi. Ayrim zarur hollarda bu yo‘riqnoma tegishli mutaxassislar 
(mexanik, energetik, texnolog) ishtirokida o‘tkaziladi.
Xodimlarga elektr xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazish va malaka 
guruhi berish korxona bosh energetigi zimmasiga yuklatiladi.
Ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma ishni xavfsiz olib borish qoidalari 
asosida tsex boshliqlari tomonidan tuzilgan va korxona bosh muhandisi 
tasdiqlagan dastur bo‘yicha olib boriladi. Bu yo‘riqnomalar ruyxatini korxona 
bosh muhandisi kasaba uyushmasi raisi bilan birgalikda tasdiqlaydi. Ish joyida 
o‘tkaziladigan dastlabki yo‘riqnoma ishchini mustaqil ishlashga qo‘yishdan 
oldin yoki ish xarakteri o‘zgargan hollarda o‘tkaziladi.
Korxonaga ishga kirayotgan shaxs kasbiy malakasini malakali va tajribali 
ishchiga biriktirib qo‘yish orqali oshiradi. Bunday biriktirib qo‘yish tsex 
boshlig‘ining vazifasi hisoblanadi.
Dastlabki yo‘riqnoma o‘tkazish yo‘riqnomalarni rasmiylashtirish jurnaliga 
yozib qo‘yish orqali mustahkamlanadi. Barcha ishchilar o‘ta xavfli ishlarni 
bajarishga vazifa olishlaridan avval javobgar rahbar tomonidan yo‘riqnoma 
olishlari va bu haqda jurnalga xavfsizlik choralari ko‘rsatilgan holda 
rasmiylashtirilishi kerak. Ish joylarida o‘tkaziladigan yo‘riqnomaning dasturi. 
1.texnologik jarayon va uskuna haqida umumiy ma’lumotlar. Asosiy xavfli va 
zararli ishlab chiqarish omillari. 
2.Ish joyiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari. 
3. Uskunaning (mashina, dastgoh, mexanizm) tuzilishi. Xavfli joylari, to‘siqlari, 
ogohlantiruvchi moslamalari, blokirovka va signal berish tizimlari.
4.Ishga tayyorgarlik tartibi (uning sozligini, kerakli asbob-uskunalarning 
mavjudligini, yerga ulash va boshqa himoya vositalarining mavjudligini 
tekshirish).
5.Xavfsiz ishlash usullari, xavfli vaziyatlar paydo bo‘lganda qilinadigan ishlar.
6.Korjomalar, shaxsiy himoya vositalari va ulardan foydalanish. 
7.Ishchilarni elektr xavfsizligini taminlashiga qo‘yiladigan asosiy talablar. 
8.TSexda xavfsiz harakatlanish sxemasi.
9.Yuk ortish-tushurish va tashish ishlarida xavfsizlik talablari. Yuk ko‘tarish, 
tashish uskunalari va mexanizmlarini xavfsiz ishlatish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin