Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Davriy yo‘riqnoma. 
Ishchining malakasi va ish stajidan qat’iy nazar har 6 
oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda xavfsiz ishlash usullari bo‘yicha davriy 
yo‘riqnoma o‘tkazib turiladi. Bunday asosiy maqsad-ishchining asosiy va 


51 
doimiy bajarib turadigan ishida xavfsizlik qoidalari bo‘yicha bilimlarini 
yangilab va to‘ldirib turishdir. 
Davriy yo‘riqnoma yakka tartibda va guruh (bir xil kasbdagi ishchilar) bilan 
o‘tkazilishi mumkin, bunda tsex yoki korxonada bo‘lib o‘tgan noxush 
hodisalarni talqin qilgan holda suhbat o‘tkaziladi.
Turli sabablar bilan (ta’til, kasallik, mehnat safari va x.k) o‘z muddatida 
ishchilarga o‘tkazilmagan yo‘riqnoma keyinchalik o‘tkaziladi. Davriy 
yo‘riqnoma o‘tkazilganligi haqida jurnalga yozib rasmiylashtirilib qo‘yiladi. 
Navbatdan taashqari quyidagi hollarda o‘tkaziladi

-texnologik jarayon o‘zgarganda, bir uskuna o‘rniga boshqa uskuna 
o‘rnatilganda va mehnat sharoiti o‘zgartirilganda; 
-tsex bo‘limi yoki brigadada baxtsiz hodisa yoki avariya ro‘y berganda; 
-ishlarni xavfsiz bajarish bo‘yicha yangi qoida va yo‘riqnomalarni ishchilar 
diqqatiga yetkazish zarurati to‘g‘ilgan hollarda; 
-ishlab chiqarish intizomi qoida va yo‘riqnomalarni talablari buzilishi 
aniqlangan hollarda. 
Navbatdan tashqari yo‘riqnomada dastlabki yo‘riqnomaning shu 
yo‘riqnoma o‘tilishiga sabab bo‘lgan qismigina ko‘rib chiqiladi. 
Bu yo‘riqnoma ham dastlabki va davriy yo‘riqnoma singari bevosita 
rahbar (usta) tomonidan o‘tkaziladi va jurnalga yozib rasmiylashtiriladi va 
sababi ko‘rsatiladi. 
Ishchilarni bilimini tekshirish
. Dastlabki yo‘riqnomadan va malaka 
oshirishdan keyin (mustaqil ishlashga ruxsat berishdan yoki boshqa ishga 
o‘tkazishdan avval) ishchilarning xavfsiz ishlash usullari bo‘yicha bilimlarini 
tekshirish kerak bo‘ladi. Buning uchun korxona ma’muriyati tomonidan maxsus 
komissiya tuziladi va unga rais qilib tsex boshliqlaridan biri belgilanadi. 
Zarurat bo‘lganda, aniq sharoitdan kelib chiqib komissiya tarkibiga mexaniklar, 
energetiklar va boshqa mutaxassislar kiritilishi mumkin. 
Ishchiga dastlabki tekshiruvdan keyin ma’lum nusxada rasmiylashtirilgan 
shahodotnoma beriladi.
Bilimlarni tekshirish yo‘riqnoma dasturi asosida tsex boshliqlari tomonidan 
tuzilgan savollar yuzasidan o‘tkazilib, dastlabki, davriy va navbatdan tashqari 
turlarga bo‘linadi. 
Davriy tekshiruvdan ishchilarning bilimlarini maxsus tartibda tekshirib 
turiladi. Bu tartib jadvali usta tomonidan tuziladi va tsex boshlig‘i tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Navbatdan tashqari tekshiruv texnologik jarayon o‘zgarganda, yangi 
mexanizm va uskunalar o‘rnatilganda, yangi qoida, yo‘riqnomalar tadbiq 
qilingan hollarda hamda qoida yo‘riqnomalar bo‘yicha bilim yetarli bo‘lmagan 
hollarda davlat nazorat tashkilotlari, korxona rahbarlari talabi bilan o‘tkaziladi.
Bilimlarni tekshirish natijalari jurnalga qayd qilinadi va ishchining 
shahadotnomasiga yozib qo‘yiladi. Tekshiriluvchining bilimiga baho qo‘yishdan 
(yaxshi, qoniqarli, qoniqarsiz) tashqari uni mustaqil ishlashga ruxsat berish 
haqida jurnalga ham qayd qilishi kerak. 


52 
Agar tekshiruv paytida ishchi bilimining qoniqarsizligi aniqlansa unga
mustaqil ishlashga ruxsat berilmaydi va ikki haftadan oshmagan muddat ichida 
qayta tekshiruvdan o‘tishi kerak. Qayta tekshiruvga kelmaslik yoki sababsiz 
tayyorlanmasdan kelish mehnat intizomini buzish deb qaraladi. Ushbu 
kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ishchiga ichki mehnat intizomi qoidalarida 
belgilanganidek intizomiy choralar qo‘llaniladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin