Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
205
Ulusdin ko‘rar erdi ko‘p xorliq. 
Kerak elga muflis ko‘runsa qalil, 
Kim oni qilur ko‘p ko‘runmak zalil. 
Yerur ozki, feruza bo‘lmish aziz, 
Chu xarmuhra ko‘pdur – o‘ni bir pashiz
1

Musofir safarga topib ixtisos, 
Burun xud mazallatdin o‘ldi xalos. 
Ko‘rub har dam amre bag‘oyat ajib, 
Ani tortibon eltur erdi nasib 
Ki, tushti guzargohi Yunon sori, 
Yetishti o‘luk – obi hayvon sori. 
Yere ko‘rdi tufrog‘i hikmatsirisht, 
Magar hikmat erdi anga sarnavisht. 
Necha vaqt anda maqom ayladi, 
Bilik kasbiga ehtimom ayladi. 
Musohib bo‘lub ahli hikmat bila, 
Base ilm kasb etti rag‘bat bila. 
Ne qilg‘olikim kimga niyatdurur, 
Burun shart anga qobiliyatdurur. 
Chu qobil edi, topti behad vuquf 
Ki, hikmatda bo‘ldi jahonfaylasuf. 
Anga chun bu ish sayrdin berdi dast, 
Yana sayrg‘a tushti qilmay nishast. 
Anga Hind mulkiga tushti guzar 
Ki, shohig‘a yopilmish erdi nazar
2

Garav aylab erdi aroda bu so‘z 
Ki, sa’y aylab ulkim manga ochsa ko‘z, 
Anga aqd aylab ko‘zum nurini, 
Ko‘zum ichraki parda masturini, 
Ani qurratul-aynu farzand etay, 
Ko‘zum nurini anga payvand etay
3

Chu donog‘a fahm o‘ldi ul ehtiyoj, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
206
Borib bir-iki kunda qildi iloj. 
Shah o‘z va’dasig‘a vafo ayladi, 
Degandek ani kadxudo ayladi. 
Yetib shoh umri kuniga zavol, 
Anga topti ul shohlig‘ intiqol. 
Chu ogahlig‘ o‘ldi aning yorig‘a, 
Bukim shahlig‘ o‘ldi aning yorig‘a. 
Safar azmi qildi ajab hol ila, 
Falak ko‘bidin jismi pomol ila. 
Bu kishvarni chun qildi oromgoh 
Ki, yori edi anda kishvarpanoh. 
Rafiqig‘a keldi bu ish dilpazir, 
Inoyat qilib, etti oni vazir. 
Chu mulkida aftodau zor edi, 
Ulus ollida dam-badam xor edi. 
Vazoratdin o‘lmoq rafohiyati, 
Bu dog‘i edi sayr xosiyati. 
Chu avvalg‘ining sayri komil edi, 
Anga saltanat amri shomil edi. 
Kishi o‘zluki mulkidin qilsa sayr, 
Anga oqibat aylasun Tengri xayr. 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin