Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
204
Xudo ro‘zi etsa murode topib.
Bu yanglig‘ safar dog‘i marg‘ubdur,
Bu ham bo‘lmasa, ul dog‘i xo‘bdur
Ki, tortib Skandarmasallik sipoh,
Bo‘lurg‘a yeti kishvar ahlig‘a shoh.
Qayonkim azimat qilib fath etib,
Qilib
har taraf mayl, nusrat yetib.
Bo‘lub gah Ajam mulki tasxir anga,
Musallam bo‘lub goh Kashmir anga.
g‘aroyib nihoyatdin afzun ko‘rub,
Ajib amr g‘oyatdin afzun ko‘rub.
Chu bir-bir kelib kom har dam anga,
Bo‘lub rub’i maskun musallam anga.
Jahon mulkiga hukmi shohi topib,
Bu shahlig‘ni mah to ba mohi topib.
Safar
ichra har ishta ahli rashod,
Bu yanglig‘ kushod uzra topib kushod.
Sanga dog‘i bo‘lsa kushode havas,
Bu olamda topmoq murode havas.
Talab yo‘lida qil shitobandaliq
Ki, jo‘yandag‘a keldi yobandaliq.
XXXVII
Iki rafiq hikoyatikim, biri sayrdin quyosh sipehr kishvarida shoh bo‘lg‘ondek, mulk saltanatig‘a yetti
va biri sukundin yer olam ahlig‘a lagadko‘b bo‘lg‘ondek, xoksorliq hosil etti, bu ham to garddek
harakat etmadi, tufrodin qo‘pub maqomg‘a yetmadi
Xurosonda bor erdi iki rafiq,
Bo‘lub rifq ila bir-biriga shafiq.
Havodis solib ishlarig‘a shikast,
Maosh amrida bo‘ldilar tangdast.
Biri
qilmayin tark mulku diyor,
Biri qildi lekin safar ixtiyor.
Mujovirg‘a davron solib zorliq,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: