www.ziyouz.com
kutubxonasi
451
Ne der so‘zki, ko‘nglum aro bor edi,
Meni chunki gung etti, borin dedi
Ki: «Go‘yo pishurgan xayoling budur,
Qila olmasingdin maloling budur».
Chu bu xastadin qildi tasdiq fahm,
Anga xud bu hol erdi tahqiq fahm.
Ishim butmagiga duo ayladi,
Bori hojatimni ravo ayladi.
Dedikim: «Bu bir ish edi qilg‘uluq,
Bu aytilmag‘on nukta aytulg‘uluq.
Bu soatqa mavquf erdi ekin,
Bu dam Tengri tavfiq berdi ekin.
Agarchi yetishti malolat sanga,
Vale oxir o‘ldi havolat sanga
Kim, ul ganjlar boshig‘a yetgasen,
Tilismotini dog‘i fath etgasen
Ki, har necha qilduq nazar dahr aro,
Qiyos ayladuk vodiyu shahr aro.
Yo‘q atrok aro birda oncha bilik
Ki, bu nav’ ulug‘ ishga urg‘ay ilik.
Ne atrokkim, ham ajam, ham arab,
Ko‘rarlar bu ishni ajabdin ajab.
Kerak dahr ahlig‘a o‘n kun jadal
Ki, besh baytdin bog‘lag‘ay bir g‘azal.
Baso masnaviygo‘yi nozuk xayol
Ki, nazm ahli ichra solib qiylu qol.
Xaloyiqqa yuz husnu noz aylagay
Ki, o‘n yilda ming bayt soz aylagay.
Chiqorg‘on zamon ul nav’ oyin savod
Ki, olamda yo‘q bo‘yla rangin savod.
Savodig‘a har kimki ko‘z solibon,
Qaro shomi mehnat aro qolibon.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
452
Ne zulmatki, yo‘q obi hayvon anga,
Qayu tunki, yo‘q mehri raxshon anga.
Agar dahr aro sepsa mushki tator,
Ko‘ngulni qilur tiyrayu ko‘zni tor.
Bu besha arodur iki narra sher,
Bu bahr ichra iki nahangi daler.
Anga kirgali sheri jangi kerak,
Munga ham dilovar nahangi kerak
9
.
Sen-o‘q sen bukun chobukandishae
Daqoyiq aro nozukandishae
Ki, so‘z tavri keldi sening shoninga,
Bo‘lub xatm tab’i durafshoninga.
Musallam so‘zunga ravonliq dog‘i,
So‘z ichra sanga pahlavonliq dog‘i.
Ravon kilkinga oncha bor e’timod
Ki, so‘z derda shaqqig‘a bersa kushod.
Ravon aylagay oncha obi hayot
Ki, to‘yg‘ay Xizr suyidin koinot.
Bu ish chunki bo‘lg‘ay muqarrar sanga,
Umid ulki bo‘lg‘ay muyassar sanga.
Qo‘p emdi, ishingning xayolida bo‘l,
Xayol ahli zebi jamolida bo‘l
Ki, sendin bu shug‘lungda hushyorliq,
Duo birla bizdin madadkorliq».
Eshitgach bu so‘zlar meni notavon,
O‘luk jismima kirdi go‘yo ravon.
Bo‘lub jon berur sirrining ogahi,
Topib nutqum anfosi Ruhullahi.
Yer o‘ptum, dog‘i yo‘lg‘a azm ayladim,
So‘z ayturni ko‘nglumga jazm ayladim.
Kelib xilvatim ichra yuz kom ila,
Yo‘nub xoma no‘gini orom ila.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |