Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
467
aks ettirilgan. G‘azzoliy 1111 yilning 19 dekabrida vafot etgan. 
4. «Yetti ato» - yetti qat ko‘k yoki yetti iqlim, «to‘rt ano» to‘rt fasl ma’nosida. 
5. Bu baytda radd-ul-ajz mina-s-sadr san’ati (birinchi misraning boshi va oxiri, ikkinchi misraning 
o‘rtasida «kishi» hamda «oshiq» so‘zlarini ishlatgai holda)dan foydalanilgan. 
II 
1. O‘z fikrini ravshan talqinlar orqali berish maqsadida iltizom (bir yoki bir necha so‘zning 
qaytarilishi) san’atidan foydalanilgan. 
2. Horun—Muso payg‘ambarning akasi bo‘lib, u Bag‘dodda xalifalik qilgan. 
3. Ashk — qadimgi Eronda o‘tgan afsonaviy podshohlardan biri. 
III 
1. Bu joydagi «Kuntun-nabiy»—«men payg‘ambarman» deb boshlanadigan hadisga ishora. 
2. Muso—yahudiy payg‘ambarining nomi. «Tavrot»—yahudiylarning diniy kitobi Muso 
payg‘ambarga nozil bo‘lgan deb hisoblanadi. 
3. Dovud — afsonaviy payg‘ambarlardan biri bo‘lib, «Zabur» kitobi unga nisbat beriladi. 
4. Iso — xristian dinining asoschisi, mifologik payg‘ambar. 
5. «Injil»—xristian dinidagilarning muqaddas kitobi. 
6. Makka— Saudiya Arabistoni g‘arbida joylashgan shahar, musulmonlar haj qiladigan joy. 
7. Yadulloh — xudo qudratiga ishora. 
8. Chin — Xitoy. 
9. Arsh — osmonning eng yuqorisi, xudo manzili. 
10. Jabrail—mifik obraz. Xudo bilan payg‘ambar o‘rtasida vositachi bo‘lgan farishta. 
11.Misradagi «me’roj nomi» iborasi Muhammad payg‘ambar,-ning ko‘kka, ya’ni xudo oldiga 
chiqqaniga ishora. 
IV 
1. Buroq — diniy rivoyatlarga ko‘ra, Muhammad payg‘ambar «me’roj» kechasi ko‘kka minib 
chiqqan afsonaviy ot. 
2. Baytul-haram— Makka shahridagi Ka’ba deb atalgan mashhur ziyoratgoh. 
3. Atorid— Merkuriy sayyorasi (mifologiyada bu yulduz adiblarning homiysi hisoblanadi). 
4. Zuhra— Cho‘lpon yulduzi — Venera (osmon sozandasi ma’nosida). 
5. Rud — torli musiqa asbobi. 
6. Bu baytda husni ta’lil (biror narsa yoki hodisaga g‘ayri voqeiy, lekin shoirona sabab keltirish) 
san’ati ishlatilgan. 
7. Bahrom—Mirrix (Mars) sayyorasi. 
8. Mushtariy—Yupiter planetasi, munajjimlar bu sayyorani «Sa’di akbar» yoki «Falak qozisi» deb 
ataydilar, joyi oltinchi falakda, deyiladi. 
9. Zuhal — Saturn sayyorasi. 
10. Bu misraning ma’nosi: «Barhayot pok loyman (Xudo ma’nosida). 
11. «G‘oyatda kuchli» ma’nosida. 
12. Ikkinchi misrada qo‘shtirnoqqa olingan iboralar Muhammad payg‘ambar madh qilingan 
oyatlardan olingan so‘zlar. 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin