www.ziyouz.com kutubxonasi
470
Abdurahmon Jomiy 1492 yil 8 noyabrda Hirotda vafot etgan. Abdurahmon Jomiyning «Fotihat
ush-shabob» («Yigitlik ibtidosi». 1479), «Vasat ul-iqd» («O‘rtacha marvarid shodasi», 1489),
«Hotimat ul-hayot» («Hayotning xotimasi», 1491) kabi devonlari ma’lum. Adib «Silsilat uz-zahab»
(«Oltin zanjir», 1472), «Salomon va Absol», 1480—81 «Tuhfat ul-ahror» («Hur kishilarning tuhfasi»,
1481—82). «Sabhat ul-abror» («Yaxshi kishilarning tasbihi», 1482— 83), «Yusuf na Zulayho», 1483,
«Layli va Majnun», 1483, «Xiradnomai Iskandari» 1485 kabi dostonlarning muallifidir. Shoir mazkur
yetti dostonni birlashtirib «Haft avrang» («Yetti qaroqchi yulduz») nomini bergan. Shuniig uchun ham
uning bu dostonlar majmuasi ko‘proq «Haft avrang» nomi bilan mashhur bo‘lgan.
Jomiyning «Bahoriston» asari ham malum. Shoir adabiyotshunoslik sohasida «Risolai aruz»,
«Risolai qofiya», «Risolai muammo» kabi asarlar yaratgan. Adib tasavvuf va falsafaga oid «Naqshi-
fusus» («Javohirlar naqshi»), «Naqd un-nusus» («Nusues tanqidi»), «Ashiat ul-la’mat» («Shu’lalar
ziyosi»), «Nafohat ul-uns» («Do‘stlarning nafasi») kabi asarlarining ham muallifidir.
2. Birinchi misra oxiridagi «tuhfa» so‘zi Abdurahmon Jomiy «Xamsa»sining birinchi dostoni—
«Tuhfat ul-ahror»ga ishora. Ikkinchi misradagi «tuhfa»—sovg‘a ma’nosida ishlatiladi.
3. «Subha»— Jomiy «Xamsa»sidagi dostonning qisqartirilgan nomi.
4. Jomiyning «Yusuf va Zulayho» dostoniga ishora.
5. «Layli va Majnun»—Jomiy asari.
VIII 1. Radd-ul-ajz-s-sadr san’ati ishlatilgan bu baytning mazmuni: «Vujud sajdadan bunday foydalar
ko‘rsa, sajda qilmaganlarni bevujud desa bo‘ladi».
2. Ikki baytning mazmuni: «Avval g‘azal aytishga qasd qilib, jahon ichiga ulug‘ qiyomat soldim.
Sog‘ odamlar buni o‘qigan vaqtlarida, olamda qiyomat kunini ko‘rganday bo‘ladilar».
3. Bunday kichik ishga hech qanoatlana olmadim, ko‘nglimda doimo ulug‘ muddao — orzu,
maqsad (epik asarlar yozish) bor edi.
4. Ul — Xudo.
5. Bu bayt Toshkentda 1949 yilda nashr etilgan shoir «Tanlangan asarlarining V kitobida (27-bet)
quyidagicha" berilgan:
Chu hotif menga bu nido ayladi, Sen etgan adoni ado ayladi. 6. Navoiy baytning birinchi misraida «etib to‘rti itmomg‘a» deganda yaratayotgan «Xamsa»sining
to‘rt dostoni («Hayratul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor»)ni ko‘zda
tutgan bo‘lsa, ikkinchi misrada «biri yetmamish erdi» deganda hali yozib tugallanmagan (Saddi
Iskandariy»—T. A.) dostonini ko‘zda tutmoqda.
7. Nazm elining shahi — Abdurahmon Jomiy ko‘zda tutilmoqda.
8. Baytdagi alar—Nizomiy va Xusrav Dehlaviy bo‘lib; bu bir — Jomiy demakdir.
9. Bu so‘zni «xush» shaklida yozsalar ham, «xash» o‘qib, «kash» bilan qofiyadosh qilish odat
bo‘lgan.
IX 1. Shohi G‘oziy—Navoiy o‘z asarlarida Husayn Boyqaroni ko‘pincha shu unvon bilan yuritadi.
2. Ul iki uy — Jannat bilan Do‘zax.
3. Sulgon Husayn — Sulton Husayn Biyqaro 1418 yili tug‘ilgan, 1469 yili Hirotda taxtga o‘tirib,
37 yil hukmronlik qilgan. U Husayniy taxallusi bilan g‘azallar yozgan. Alisher Navoiy «Ma-olisun-