Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə242/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
473
«Tarixi muluki Ajam» asarida uning haqida to‘xtalib, quyidagilarni yozgan: «Zob binni Tahmosb 
Feruz ham debturlar. Nasabi yuqori o‘tti. Odil podshoh erdi. Ko‘p vaqt Erondi Afrosiyob buzgon 
yerlarni isloh qildikim, yuz obodon-liqqa ko‘ydi, Derlarkim, yetti yil raiyyatdin xiroj olmadi. Va ba’zi 
xazoyinkim. Manuchehr va Nuvdardni qolib erdikim, Afrosiyob qiloi hasonatidin iliklay olmadi. Ul 
xazoyin bila yetti yil Zob Tahmosb saltanat asbobin tuzub, maosh o‘tkardi. Va Zol binni Som angach 
xidmatlar qildi va buzuq mamolikni tuzarda modallar qildi. Va Zob ikki rudxonakim, Zobin derlar, 
Iroq mulkida chnqardi. Va o‘z hayoti zamonida saltanatni Girshaspqa musallam tutti. Aning 
podshohliqin Banokatiy besh yil debtur. O‘zga tavorixda o‘ttuz yildur». 
17. Garshosb—Peshdodiylar sulolasiga mansub podshhlardan. Alisher Navoiy «Tarixi muluki 
Ajam» kitobida Garshosb xakida quyidagicha ma’lumot beradi: «Garshosbning onasi» ibni Yamin 
binni Ya’qub alayhissalomning qizi erdi va otasi Zob binni Tahmosbning qardoshi erdi. Ko‘prak 
tavorixda Rustam Dostonni aning naslidin debturlar. Ammo faqir qoshida bu qavl yiroqroq ko‘rinur 
nevchunkim Zolkim, Rustamning otasidur, aning qoshida sipohlar erdi va Garshosbni «Guzida»da 
balki xeyli tavorixda Manuchehr nabiralarig‘a chiqaribturlar. Va Rustamni Som binni Narimon binni 
Atrut binni Obting‘a yetkurubturlar, vallohu a’lam. Garshosb bila chog‘ida Afrosiyob yana cherik 
tortib Erong‘a kelib, Garshosb bila masof tuzub, razm qildi. Afrosiyob urushida Garshosb favt bo‘ldi 
va Zoli Zar Zobilistondin cherik tortib kelib, Afrosiyobni Erondin chiqardi. Va Garshosbning saltanati 
zamomida ixtilofdur: «Nizomut-tavorix» va Banokatiyda yigirma yildur, «Guzida» bila «Muntaxab»da 
olti yil, ba’zida besh yil xam bor...». 
18. Ajam—bu yerda Xuroson va Movarounnahrda mashhur qadimiy kuylardan birining nomi. 
XII 
1. Kayqubod — Eronda hukm surgan kayoniylar sulolasining dastlabki afsonaviy podshohlaridan 
biri. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da uni bir yuz yigirma yil hukm surgan, deydi. 
2. Rustam — Eronning mashhur afsonaviy qahramoni. Afsonalarga ko‘ra, Zolning o‘g‘li bo‘lgan 
Rustam Kayqubod va Kaykovuslar zamonida yashagan va mashhur qo‘shin boshlig‘i bo‘lgan. 
3. Kovus— afsonalarga ko‘ra, Kayqubodning nabirasi. Kovus Eronlnpg afsonashsh kaeppy 
sulolaspdap bo‘lgan podshohlardan biri. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da Kovus yuz ellik yil 
podshohlig‘ qilgan, deydi. 
4. Gudarz— Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da uning to‘liq ismi Giv binni Gudarz Kashnod 
ekanligini aytadi. Eronning afsonaviy qahramonlaridan birning nomi. 
5. Tus— Eronning afsonaviy qo‘shin boshliqlaridan biri. U Kayxusravga xizmat qilganligi 
to‘g‘risida Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da ma’lumot beradi. 
6. Siyovush — afsonaviy Kaykovusning o‘g‘li. Siyovush haqida Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da 
yozadi: «...Kaykovusning o‘g‘li bor erdi, Sudobadin o‘zga anodin Siyovush otlig‘kim, Yusuf 
Alayhissalomdin so‘ngra aningdek jamil yigit yo‘q erdi... Va ani Rustam asrab erdi, tarbiyat topib erdi. 
Sudoba—ugay onasi anga oshiq bo‘lub erdi, andin kom hosil qila olmay, o‘z qo‘rqunchidin Kaykovus 
qoshi-da ani o‘zi bila badnom qilib chaqti va ul o‘z baroati uchun o‘tqa kirdi. Chun ul tuhmatdin 
muarro erdi, o‘tdin osiyb topmadi va atosining xato royi va talavvun mizojidin vahim qilib, Turong‘a 
Afrosiyob qoshig‘a bordi. Afrosiyob anga e’zoz va ikrom qilib, qizin berib, Turkiston viloyatin berdi. 
Ammo Girsiyuznnng hasaddin sioyat qilg‘oni bila tahqiq qilmay, ani begunoh o‘lturdi va aning 
borasig‘a ajab hayf yuzidin zulm bordi...». 
7. Qayxusrav — qadimgi Eronning afsonaviy podshahlaridan biri bo‘lib, Alisher Navoiy «Tarixi 
muluki Ajam»da uni Siyovushning o‘g‘lch Kaykovusning nabirasi ekanligi haqida ma’lumot beradi. 
8. Rustamu Zol — Rustamning otasi. 
9. Luhrosb — Eronning qadimiy kayoniylar sulolasiga mansub afsonaviy podsholardan biri. 
Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da Luhrosb haqida yozadi: «Luhrosb binni Avrand 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin