Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə240/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
471
nafoys»ning unga maxsus bag‘ishlangan 8-majlisida Husayniy g‘azallariga yuqori baho beradi. Sulton 
Husayn Bonqaro Alisher Navoiydan 5 yil keyin, 1506 yili Hirotda vafot etgan. 
4. Mazmuni: «Uning otiga taqdir — tangri ehsoni doim bo‘lsin va tangri uning shohligini doimiy 
qilsin deb yozgan». 
5. Dashti Qifchoq — Sirdaryoning quyi oqimi va Balxash ko‘lidan Dnepr daryosining quyi 
oqimlarigacha bo‘lgan hududning XI— XVI asrlardagi nomi. Dashti Qipchoq atamasini dastlab Nosir 
Xusrav (1003—1088) qo‘llagan, shundan boshlab arab va fors tillaridagi asarlarda uchraydi. V. V. 
Bartoldning aniqlashicha, Dashti Qipchoq aholisi (Sharq manbalarida — qipchoqlar, rus solnomalarida 
— polovetslar, Vizantiya tarix kitoblarida qo‘monlar ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi bo‘lib, 
charvachilik va ovchilik, daryo, ko‘l yoqalarida yashagan aholi dehqonchilik, shaharlar (Saroy Botu, 
Saroy Berke, Urdu Bozor, Sig‘noq, Arquq)dagi aholi esa hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan 
shug‘ullangan. 
6. Bu va keyingi baytlarda kelgan «aning», «gar ul»— Iskandarni bildirsa, «muning»—Husayn 
Boyqaroni anglatadi. 
7. Birinchn «rost»—o‘ng ma’nosida, ikkinchisi esa, musiqa kunlaridan birining nomi. 

1. Sulton Badiuzzamon— Sulton Husayn Boyqaroning katta o‘g‘li, Seyiston va Balx 
viloyatlarining hokimi (1496—1505). U 1314 yilda Istambulda vafot etgap. 
2. Bu baytda tavzi’ (bir xil tovushga ega so‘zlar, ayni paytda, «q» tovushi) hamda tasdir (bir so‘zni 
ikki-uch yerda berish) san’atlari ishlatilgan. 
XI 
1. Odam Ato—iudizm, xristian va islom afsonalari (masalan, «Bibliya»)da birinchn odam, inson 
zotining otasi. Qadimiy ahdda yozilishicha, xudo Odam Atoni loydan yaratib, unga jon ato qilgan. 
Diniy adabiyotlarda Odam Ato nomi bilan bog‘liq ko‘plab afsona va rivoyatlar uchraydi. 
2. Muhammad — Muhammad ibn Abdulloh (570—571, Makka — 632.8.6, Madina)—islomda 
ollohining elchisi, payg‘ambar deb e’tirof etilgan tarixiy shaxs. U Quraysh qabilasining hoshimiylar 
xonadonida tug‘ilgan. Yetimlikda o‘sgan. Avval cho‘ponlik bilan mashhur bo‘lib, keyin savdogarlarga 
xizmat qilgan. U badavlat Xadichaga uylangach, mustaqil savdogarchilik bilan shug‘ullanish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. 610—622 yillar Makkada o‘zini payg‘ambar deb e’lon qiladi. U avvalgi 
ma’jusiylikni tanqid qilib, unga yagona xudo to‘g‘risidagi ta’limotni qarshi qo‘yadi. Lekii uning 
targ‘iboti Makka hukmronlarininig qarshiligiga uchraydi va Muhammad o‘z tarafdorlari bilan Yasrub 
(Madina)ga ko‘chishga majbur bo‘ladi, bu ko‘chish hijra deyiladi (bu 622 yil 22 sentyabrga to‘g‘ri 
keladi). Muhammad Madinaga kelib musulmonlar jamoasiga asos soladi. 
3. Mazmuni: «Tangri uni payg‘ambarlarning boshlig‘i qildi va payg‘ambarlik masnadiga o‘tqazdi». 
4. «Nizomut-tavorix» «(Tarixlarning nizomnomasi»)—XIII asrda o‘tgan Nosiriddin Abu Sa’id ibn 
Abdulloh Bayzaviy asari. Bu asar qadimiy Eronning umumiy tarixi bo‘lib, unda Odam Atodan to 
eramizning 1265 yiligacha bo‘lgan davr qamrab olinadi. 
5. Peshdod, Kayoniy, Ashkoniy, Sosoniy — Eronning afsonaviy va tarixiy sulolalarn nomlari. 
Navoiy bu to‘rtala sulolaning hukmronlik yillari 4336 yilu olti oy davom etganlngini xabar qiladi. 
6. Kayumars — qadimgi Eronning afsonaviy podshohlaridan biri. Alisher Navoiy «Tarixi muluki 
Ajam»da shunday deb yozadi: 
«...Tarix ulamosi ittifoqi bila birovkim saltanat qildi, Kayumars erdi... Har taqdir bila podshohlik 
qoidasi andin burun yo‘q erdi. Bu qoidani ul tuzdi. Dog‘i avval kishikim, shahar bino qildi, ul erdi... 
Ming yashadi va lekin umrining oxirida qirq yil saltanat qildi. Dog‘i Siyomak o‘g‘li Xushangnikim, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin