www.ziyouz.com kutubxonasi
469
va badiiy adabiyotni ham tushuna beradi hamda ularni ko‘p vaqt bir-biridan farq qilmaydi» (A. H a y i
t m ye t o v, Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari, O‘zSSR Fanlar akadempyasi nashriyoti,
Toshkent, 1959, 78-bet). Navoiy «Xamsa»sining deyarli hamma dosgonlarida («Farhod va Shirin»
bundan mustasno) «So‘z ta’rifida...» atamasi bilan maxsus bob («Hayratul-abror»da XIV, «Layli va
Majnun»da V, «Sab’ai sayyor»da V, «Saddi Iskandariy»da VI) yaratgan. «Xamsa»dagi dostonlarning
Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiyga bag‘ishlangan boblarida ham so‘zning
qudrati, ta’siri va mohiyati haqida keng to‘xtaydi.
Navoiy «badiiy so‘zinng jamiyatdagi kishi ongi va psixologiyasiga ijobiy va salbiy tasir kuchi» (A.
Hayitmetov. Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari, 79 bet)ni yaxshi bilgani holda, har bir
shaxsga, ohang va mazmuniga ko‘ra ham turlicha ta’sir etishi mumkinligini ko‘zda tutnb. «Hayratul-
abror»da:
Ham so‘z ila elga o‘lumdin najat,
Ham so‘z ila tonib o‘lik tan hayot («Xamsa», 1960, 104-bet) desa, «Saddi Iskandariy»da:
Ulukka gar andin erur joyi pok
Va lekin tirikni ham aylar halok («Xamsa», 1960, 632-bet) deydi.
2. Bahri Ummon — Ummon dengizi.
3. Dami Isaviy — an’anaviy afsonalarga ko‘ra, Iso payg‘ambar o‘z nafasi bilan o‘liklarni tiriltirish
qudratiga ega bo‘lgan. Bu yerda o‘shanga ishora qilinadi.
4. «Ehtimol, uning hamrohi Jabroil (Ruhul-quds) bo‘lgandir yoxud bu kelgan Iso (Ruhullah)
payg‘ambarning nafasidurkim, o‘luklarni tiriltadi».
5. Takrir san’ati ishlatilgan bu baytda har uchala «qutub»— kitob so‘zining ko‘pligini bildiradi.
6. Nodiri fard — Nizomiy Ganjaviyga nisbatan ishlatilgan.
7. Bssh ganj — Nnzomiyning «Panj ganj» deb atalgan «Xamsa»siga ishora.
8. Aning — Nizomiy Ganjaviy, muning — Xusrav Dexlaviy.
9. Ashraf — XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrning birikchi yarmida yashab ijod etgan hamda
«Xamsa» yaratgan shoirlardan bo‘lib, uning to‘liq ismi—Ashraf nbn Shayxulimom Abu al-Husayn ibn
al-Hasan al-Marog‘iy at-Tabriziydir. Alisher Navoiy «Majolisun-nafois» asarida Ashraf haqida
ma’lumot berib deydi: «Mavlono Ashraf—darveshvash va nomurodsheva kishi erdi. Va kiyiz burk
ustina qurchuq chirmar erdi. Va el bila dog‘i omizishi oz erdi. Ko‘prak avqot «Xamsa» tatabbu’ig‘a
sarf qilur erdi, to ul kitobni tugatur tovfiqi topti, voqean, o‘z xurdi holig‘a ko‘ra yamon bormaydur.
Afv fozilotida «Xamsa»sidin bu bayt yaxshi voqe’ bo‘lubturkim:
Va nazdi kase k-o‘ ba donish meh asg, Zi muchrimkushi churm baxshi beh ast... (Mazmuni: Bilimda ilg‘or bo‘lgan kishi qoshida gunohkorni o‘ldirishdan—gunohini kechish
yaxshidur») (Alisher N a v o i y. Asarlar, 12-tom, T., 1966, 14-bet).
VII 1. Nuriddin Abdurahmon Jomiy—1414 yilning 7 noyabrida Xurosonnipg Jom shahrida
shayxulislom — Nizomiddnn Ahmad oilasida tug‘ilgan. U maktab tahsilidan keyin, Hirotdagi Dilkash
madrasasida, Mavlono Junayd qo‘lida, keyinroq Shahobiddin Muhammad Jojarmiy va Aloiddin Ali
Samarqandiylardan ta’lim olgan.
Abdurahmon Jomiy Samarqandga kelib Qozizoda Rumiy darslariga qatnashgan. U filologiya,
falsafa, matematika, astronomiya, huquq kabi fanlar bilan chuqur shug‘ullangan. Din va tasavvufni
sinchkovlik bilan o‘rgangan. Jomiy Bahovaddin Naqshbandiy ta’limoti ta’sirida bo‘lgan Shayx
Sa’diddin Qoshg‘ariydan tasavvuf bo‘nicha talim oladi.