Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
466
ShARH VA IZOHLAR
«Saddi Iskandariy» dostonining ilmiy-tanqidiy matni 60-yillar boshida o‘zbek matnshunos olimi
P. Shamsiev tomonidan tuzilgan edi. Ammo qandaydir sabablarga ko‘ra, matn chop etilmagan.
Matnda
so‘z boshi va ilmiy izohlar mavjud emas. Hozirda mazkur matn O‘zbekiston Fanlar akademiyasining
Hamid Sulaymonov nomidagi Qo‘lyozmalar institutn arxivida saqlanadi.
Keyingi yillarda navoiyshunoslik fani Alisher Navoiy asarlarining shoir hayotligida va uning
vafotidan birmuncha vaqt o‘tgach ko‘chirilgan qadimiy, nodir nusxalar bilan boyidi. Jumladan,
Anglpyaning Bodleyan kutubxonasida saqlanayotgan Badiuzzamon uchun ko‘chirilgan miniatyurali
«Xamsa» nusxasi Abdujamil nusxasndan «yosh» jihatdan faqat olti oygagina farq qiladi va u
Navoiyning bevosita homiyligi ostida ko‘chirilgan.
Turkiyaiing «To‘pqopi» muzeyida saqlanayotgan Istanbul kulliyoti
ham Navoiyning nazari
tushgan tabarruk nusxalardan. Shuningdek, Parij kulliyoti, Qo‘lyozmalar instituti fondida
saqlanayotgan XVI asr «Xamsa»si ham shu davrning nodir yozma yodgorligi sifatida alohida ahamiyat
kasb etadi. Ana shu qo‘lyozmalarni manbashunoslik va matnshunoslik nuqtai nazaridan atroflicha
o‘rganib ilmiy istifodaga olib kirish hamda hurmatli domlamiz matnlari tuzilgandan buyon o‘tgan
chorak asrdan ziyod vaqtni nazarda tutib Qo‘lyoz-malar instituti ma’muriyati va ilmiy sovetining
maslahati bi-lan filologiya fanlari nomzodi Mavjuda Hamidova dostonning
mukammal ilmiy-tanqidiy
matnini tuzib chiqdi. Matnga yuqorida zikr etilgan, hozircha dunyo fondlarida eng qadimiy deb
hisoblangan XV—XVI asrdagi olti qo‘lyozma va P. Shamspev matnlari — jami yetti qo‘lyozma asos
bo‘lgan.
Dostonning hozirgi chop etilayotgan nusxasi M. Hamidova temonidan tuzilgan ana shu ilmiy-
tanqidiy matn asosidadir. Navoiy (Navoyi) taxallusining yozilishi xususida hali bir to‘xtamga
kelinmaganligini ko‘zda tutib uni ilgarigi nashrlar holida qoldirildi.
Ilmiy kommentariyali izohlarni filologiya fanlari nomzodi Toshpo‘lat Ahmedov tuzgan.
Ushbu amalga oshirilgan nashrda dostonning litografik hamda turli vaqtlarda chop etilgan
nusxalaridan ham foydalanildi;
a) «Saddi Iskandariy», Uzpoligrafkombinat,
Toshkent, 1941;
b) «Xamsa», Qisqartirib nashrga tayyorlovchi S. Ayniy, O‘zdavgashr, Toshkent, 1947;
v) «Saddi Iskandariy», Uzbekiston Davlat nashriyoti, Toshkent,1949;
g) «Xamsa», «Fan» nashriyoti, Toshkent, 1960;
d) «Saddi Iskandariy»,
Badiiy adabiyot nashriyoti, Toshkent,1965;
e) «Saddi Iskandariy». Nasrga aylantiruvchi Inoyat Mahsumov, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot
va san’at nashriyoti,Toshkent,1978;
yo) «Saddi Iskandariy» (nasriy bayoni bilan). Toshkent, G‘. G‘ulom nomidagi
nashriyot-matbaa
birlashmasi. 1991.
I
1.Ushbu hamd bobida xudoning sifatlari haroratli misrlarda vasf etiladi.
2.Tasavvufga asoslangan bu baytda «vujud», «jud» (birinchi misra) «jud», «vujud» (ikkinchi
misra) so‘zlari keltirilib, radd-ul-ajz mina-s-sadr san’ati ishlatilgan.
3.G‘azzoliyning to‘liq nomi Imom Abu Hamid ibn Muhammad bo‘lib, u Xurosonning Tus shahrida
450 (1058/59) yilda tug‘ilgan. U dastlabki ma’lumotni Tusda oladi, so‘ngra Nishopurga boradi. Bir
qancha vaqt saljuqiylardan Nizomul-mulk xizmatida bo‘ladi va shu vaqtdan boshlab din va tasavvuf
falsafasi bilan shug‘ullandi. U Nizomul-mulk topshirig‘iga ko‘ra, Bag‘doddagi Nizomiya madrasasida
to‘rt yil ishlaydi. Keyincha bu vazifani ukasi Ahmadga topshirib. o‘zi
ilmiy ish bilan chuqur
shug‘ullanadi. Uning yirik asarlaridan biri «Kimiyoyi saodat»da olimning diniy va falsafiy qarashlari