www.ziyouz.com kutubxonasi
474
Kaikovusning inisining o‘g‘lidir. Drrul-mulki Balx erdi. Olamning ko‘prak mulkin ochti. Ammo chun
otalari saltanat qilmaydur erdilar va Kayxusravning o‘g‘li yo‘q jihatidin mulkni angd berganda, elga
qatig‘ keldi. Chun ul bu ishni angladi, el bila andoq borishtikim, borcha ani tiladilar... Chun Luhrosb
taxtni Gushtaspqa topshirdi va o‘zi Balxda ibodatqa mashg‘ul erdi. Gushtasp ba’zi bilod fat-hig‘a
mashg‘ul erkanda, Arjasp kelib Balxni olib, Luhrosbni o‘lturdi Va Luhrospning podshohlig‘i yuz
yigirma yil erdi».
10. Balx—Shimoliy Afg‘onistonda, hozirgi Mozori Sharif
g‘arbidagi ko‘hna shahar. Miloddan avval VII asrdan ma’lum. Balx
tarixda Ummul bilod (shaharlar onasi) deb yuritilgan. Yunonlar
Balxni Baqtra deb ataganlar.
11. Buxtunnasr—Luhrosbning afsonaviy lashkarboshlaridan biri.
12. Garshosb—«Tarixi muluki Ajam»da Gushtasp tarzida berilgan: «Chun Luhrosb taxtni
Gushtaspqa topshurdi va o‘zi Balxda ibodatqa mashg‘ul erdi... Gushtasp —Halab mulkida taxtqa
o‘lturdi, va zardusht aning zamonida paydo bo‘ldi. Va Gushtasp osoridin Samarqand qo‘rg‘oni va
devorikim, Eron va Turon orasig‘a tortilibtur va Naso shahri va Bayzo shahrikim, base akobir va
ashrof andindurlar. Va saltanati yuz yigirma yil erdi».
13. Zardusht—qadimgi Eronda Gushtasp zamonida o‘tparastlik dinining asosini qurgan kishi (bu
din shu iom bilan mashhur bo‘lgan).
14. Majus — otashparastlik.
15. Bahman — qadimiy Eronning kayoniylar sulolasidan bo‘lgan Luhrosbning nabirasi,
Isfandiyorning o‘g‘li, Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da yozadi: «Bahman podshoh bo‘lg‘ondin
so‘ngra adl oyin qildi, Bahmanning otasi Tolut naslidin erdi va harami Argion binni Sulaymon
alanhnssalom qnzidip ikki o‘g‘li bor edi: Soson va Dorob. Uch qizi bor edi: Humoy va Farang va
Bahmando‘st. Soson zohid va mutaqiy kishi erdi. Mulkka parvo qilmadi, go‘sha tutti. Humoyni
Humoni ham debturlar. Bahmon o‘z aqdig‘a kiyurub erdi. Mavt marzida tojni aning qorniga quydikim,
Dorobqa homila erdi... Ba’zi debturlarkim, Bahman podshohlig‘ini yo Humoyg‘a berdi, tojni andin
tug‘ar farzandga havola qildi. Va podshohlig‘ining zamoin yuz o‘n ikki yil erdi.
16. Zobuliston — qadimiy Eron viloyatlaridai birining nomi. Afsonaviy kahramon Rustam
ko‘pincha shu yerda yashagan.
17. Xumoy — Eronning afsonaviy podshoxlaridan Bahmanning xotini. Alisher Navoiy «Tarixi
muluki Ajam»da u haqida quyidagilarni yozadi: «Humoy roy va xiradlig‘ xotun erdi. Bahmandin
so‘ngra taxtqa o‘lturdi... Va Humoyning saltanatining muddati o‘ttuz yil erdi va osori Istaxrda
Hazorsutun erdikim, ani Iskandar buzdi va ba’zi Chihil minorni ham anga mansub qilibturlar. Va
Samara shahrikim, Jorbodqon derlar ham, ul bino qildi».
18. Doro — Eronda o‘tgan peshdodiylar sulolasiga mansub podshoh. Alisher Navoiyning «Tarihm
muluki Ajam» asarida Dorob deb berilgan va uning sababini batafsil tushuntirgan: «Humoy... Chun
homila erdi, vaz’ haml qildi va saltanat hubbi qo‘ymadikim, o‘g‘lini podshohliqqa mansub qilib, o‘zi
anga muhofazat qilg‘ay. Ani bir sanduqqa solib qiyr bila mahkam qilib, daryoga soldi. Debturlarkim,
bir gozur ilikiga tushub, ani farzandchilay asrab tarbiyat qildi... Gozur ani suvda topqan uchun Dorob
ot qo‘ydi...
Dorob chun Humoy o‘rnig‘a taxtqa o‘lturdi, adl va dod pesha qildi. Va ul xiradmand va pahlavon
va xo‘b surat podshoh erdi... Va aning saltanatini ba’zi oltmish yil, ba’zi ellik ikki yil derlar».
19. Doroyi Doro — peshdodiylar sulolasiga mansub podshoh. Alisher Navoiy «Tarixi muluki
Ajam»da yozadi: «Doro ibn Dorobni chup valiahd qilib erdi, otasi o‘rniga podshoh bo‘ldi. Chun zolim
tab’ kishi erdi, zulmidin ulug‘ el ozurda bo‘ldilar... Va Doroning podshohlig‘i o‘n to‘rt yil erdi».
20. Pahlaviy — bu o‘rinda O‘rta Osiyo xalqlari orasida mashhur bo‘lgan qadimiy kuylardan
birining nomi.