Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə244/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
475
XIII 
1. Iskandar, Iskandar Zulqarnayi— Sharq xalqlari adabiyotida keng tarqalgan obraz. Bu obrazning 
paydo bo‘lishi tarixiy yunon sarkardasi Aleksandr Makedonskiy faoliyatn bilan bog‘liq. Iskandar 
Qur’onning surasida eslangan Zulqarnayndir. U Sharqdagi musulmon xalqlari orasida mashhur. 
Iskandar haqidagi ilk ma’lumot X asr tarixchilari Hamza ibn Hasan al-Isfahoniy, Dinyuvariy, 
Tabariylar asarlarida, keyinroq Beruniyning «Qadimi xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida 
uchraydi. Badiiy asarlarda, jumladan, Abu Ali Muhammad ibn Muhammad Bal’amiy asarida Iskandar 
salbiy obraz sifatida berilgan bo‘lsa, Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiyning «Iskandarnoma», Amir 
Xusrav Dehlaviyning «Oyinai Iskandariy», Abdurahmon Jomiyning «Xiradnomai Iskandariy» 
asarlarida Iskandar obrazi fotih, olim. faylasuf va payg‘ambar tarzida tasvirlangan. 
Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da Iskandar haqida afsona, rivoyat va tarixiy asarlardan 
kelib chiqib fikr yuritadi. «Saddi Iskandariy» dostonida esa Iskandarning ideal obrazini yaratib, uni 
shoh va olim sifatida talqin etadi. 
2. Ashki Doro — qadimiy Eronnning ashkoniylar sulolasiga mansub afsonaviy podshoh. Navoiy 
«Tarixi muluki Ajam»da xabar berishicha, hokimiyatni Abtahshi Rumiydan (uni o‘ldirib) olib, Eronda 
uch yil hukmdorlik qilgan. 
3. Ashki Ashkon — afsonaviy Ashki Doroning o‘g‘li bo‘lib, Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da 
Ashki Ashkon yigirma yil podshohlik qilgan, deydi. 
4. Bahromi Shopur — qadimiy Eronning ashkoniy sulolasidan bo‘lgan afsonaviy podshohlardan 
biri. U otasi (Ashki Ashkon)dan keyin o‘n bir yil taxtda o‘tirgan, deydi Alisher Navoiy «Tarixi muluki 
Ajam»da. 
5. Yalosh ibni Bahrom — Eronning ashkoniylar sulolasiga mansub bo‘lgan podshohning nomi. 
Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da uni Bahrom binni Shopurning valiahdi bo‘lganligi hamda o‘n 
besh yil podshohlik qilganligini hikoya qiladi. 
6. Hurmuz ibin Yalosh — ashkoniylar sulolasining podshohlaridan. Alisher Navoiy «Tarixi muluki 
Ajam»da uni otasi (Yalosh ibin Bahrom)ga noyib bo‘lib, o‘n to‘qqiz yil podshohlik qilganligini xabar 
beradi. 
7. Narsi ibni Yalosh — qadimiy Eronning ashkoniylar sulolasiga mansub bo‘lgan afsonaviy 
podshoh. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da uning o‘n yil podshohlik qilganligi haqida xabar 
bergan. 
8. Feruzi Hurmuz— ashkoniylar sulolasiga mansub bo‘lgan podshoh. Alisher Navoiy «Tarixi 
muluki Ajam»da: «...aning saltanati o‘ttuz yil erdi», deydi. 
9. Yalosh ibn Feruz— ashkoniylar sulolasiga mansub bo‘lgan shoh Alisher Navoiy. «Tarixi muluki 
Ajam»da: «...ul Xusravning qardoshi erdi. Oqibat ul dog‘i qardoshi ichgan sharbatni ichti va aning 
podshohlig‘i yil erdi», deydi. 
10. Xusrav ibn Yalosh—qadimiy Eronning ashkoniylar sulolasiga mansub bo‘lgan podshohlardan 
bir. 
11. Yaloshi Yalosh — ashkoniylir sulolasiga mansub bo‘lgan podshohlardan biri. Ye. E. Bertels bu 
nomni Baloshi Balosh, deydi. 
12. Ardavoni Yalosh—ashkoniylar sulolasidan bo‘lgan podshoh. 
13. Ardavon ibni Ashg‘on— qadimiy Eronda ashkoniylar sulolasidan bo‘lgan podshoh. 
14. Gudarzi Ashg‘on—qadimiy Eronning ashkoniylar sulolasidan bo‘lgan podshoh. 
15. Ardavon—Eronning ashkoniylar sulolasidan bo‘lgan podshoh. Alisher Navoiy «Tarixi muluki 
Ajam»da uni Arduvon binni Yalosh tarzida qalamga olib quyidagicha yozadi: 
«Ashkoniylarning so‘nggi podshohi erdi, azamat va tajammuli va mulkining vus’ati ul tabaqadagi 
salotindin ortti. Va mulki tavoyifdin ko‘pin ul maqhur qilib, mulkin oldi va o‘ziga munqod qildi. Va 
oxirul-amr Ardasher Bobak ani oradin chiqarib mulk ashkoniylardan sosoniylarg‘a intiqol topti...». 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin