www.ziyouz.com
kutubxonasi
49
Dema jolakim, kirmi shabtob de.
Chu shabnam desam javhari jon erur
Ki, har qatra daryoi ehson erur.
Ki a’dosidin yuz tuman ming fariq,
Hamul bahr qa’rida bordur g‘ariq.
Aning kirmi shabtobidur axgare,
Demon axgarekim, erur ajdare.
Yorug‘lug‘ki atrofin oning tutub,
Ani og‘zining shu’lasi yorutub.
Adu bo‘lsa bu charxi gardon anga,
Chekib bir nafas yutmoq oson anga.
Agar royining mehri ko‘rguzsa tob,
Quyosh zarradek aylabon iztirob.
Ne tong gar quyosh iztirob etsa fosh,
Anga chunki har zarradur bir quyosh.
Agar bazmi ayshi tuzulsa, sipehr
To‘quz xon kelib, anda bir qurs – mehr.
Topib olam ul xonlaridin xo‘rish,
Aningdekkim ul qurs ila parvarish
Saxosi chu zohir bo‘lub bahru kon,
Tutub tufrog‘u tosh ichinda makon.
Ne bahr ichra bir durri g‘alton qolib,
Ne kon ichra bir la’li raxshon qolib.
Bo‘lub bahr devonau talxkom,
Yaqosida sochqon kafiga maqom.
Vale kon gadolig‘ topib chorasi,
Gadolardek atrofida xorasi.
Olib bahru konning chu sarmoyasin,
Iki notavonning yasab voyasin.
Qo‘lin bahr ila kon misoli degil,
Saxodin alar tavri xoli degil.
Atosi qilib bahru kong‘a jafo,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
50
Anga bahru kon dog‘i qilmay vafo.
Guli xulqi andoqki, bog‘i bihisht.
Suyi chashmai zindagonisirisht.
Guli atri yuz yilchiliq yo‘l ketib,
Yuz illik o‘luk jon topib, chun yetib.
Suyinkim Haq aylab ziloli hayot,
Butub borcha andin niholi hayot.
Qilib chunki bo‘lsa balog‘atshior,
Masihodin anfosi jonbaxshi or
Ki, bo‘lg‘och Masihog‘a ul muddao,
Tazarru’ bila aylabon yuz duo.
Yuzidin birikim bo‘lub mustajob,
Ani xalq Jonbaxsh aylab xitob.
Chu ul nukta surmakka og‘zin ochib,
Demay jon berib elgakim, jon sochib.
Aningdek ulus nutqidin jon topib
Ki, o‘lgan kishi obi hayvon topib.
Damidin topib bir, agar ming hayot,
Quyoshdin nechukkim yorur koinot.
Chuchuk til bila no‘sh etib elga bahr,
Qilichi tilidin tomib lek zahr.
Qilich yo‘q, hiloli duraxshanda ul,
Chopar vaqtida barqi raxshanda ul.
Agar barq emas, nega tushgan zamon,
Sug‘a yetmayin bo‘lmay andin among‘
Balo abridin tushgach ul ildirim,
Ko‘rub Dashti Qifchoqdin
5
to Qirim.
O‘qi razm vaqti chu topib kushod,
Aduv joni tang‘a debon xayrbod.
Aning no‘giga moni’ o‘lmay zirih
Kim, ul xasm ko‘nglidin ochib girih.
Ochilg‘och girih turmayin anda kech,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |