Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
56
Ki, solmishdurur imtidodi zamon,
Havodiski, om aylamish osmon.
Tavorix vaz’ig‘a behad futur
Ki, andin bu fan ichra bo‘lmish qusur.
Vale ulcha bergaylar andin xabar,
«Nizom ut-tavorix»
4
erur mu’tabar.
Qilib o‘zgalar
birla tatbiq ham,
Bu sarnoma fihrastin ettim raqam.
Bularniki sabt ayladim to‘rt qism,
Yeshit emdi borig‘a tarixu ism.
Burung‘ig‘a keldi laqab Peshdod,
Ikinchi emishlar Kayoniynihod.
Uchunchiga Ashkoniy o‘ldi laqab,
Yana birga Sosoniy o‘ldi laqab.
Vale Peshdod
5
o‘ldi o‘n bir kishi,
Burun saltanat keldi bu qavm ishi.
Alar peshvosi Kayumarsi6 rod
Kim, ul qo‘ydi taxt uzra oyini dod.
Tutub
gar jahonni asosi aning,
Dadu vahsh charmi libosi aning.
Yana bir jahondor Hushang
7
edi
Ki, zebandai toju avrang edi.
Anga yo‘q xiradmandlig‘ ichra had,
Bitib nusxae «Jovidoni xirad».
Chu ul bordi, Tahmuras
8
o‘ldi padid,
Anga bog‘ladi olam ahli umid.
Base
shahr olamda qildi bino,
Nishopuru Marvu Sipohon
9
yano.
Yana surdi Jamshid
10
olamg‘a raxsh
Ki,
ham taxtgir erdi, ham tojbaxsh.
Xaloyiqqa ko‘p yetkurub intifo’,
g‘arib amr ko‘p ayladi ixtiro’.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: