Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
72
Ayog‘chi, ber ul javhari g‘amzudo
15
,
Dema g‘amzudo, jomi motamzudo.
Ki, andin sumursam g‘amim qolmasun,
Ato so‘gidin motamim qolmasun.
Mug‘anniy, qilib soz rudi nishot,
Aning birla tuzgil surudi nishot
Ki, so‘z taxtida bo‘ldum oromgir,
Bo‘lay tahniyat bazmida jomgir!
Navoiy,
jahonning firibin yema,
Xirad ollida naqshu zebin dema.
Chu davron ishi bevafoliqdurur,
Fuzun shohlig‘din gadoliqdurur.
Gadoeki qayd o‘lg‘ay andin yiroq,
Muqayyad jahondordin yaxshiroq!
XVI
Himmat humoyining balandparvozlig‘i ta’rifidakim, janohhaynining soyasi quyoshning anqoyi zarrin
janohig‘a zulmat Qofida nishiman berur va azimjussalig‘i vasfidakim, bayzoning siymin bayzosin
janohayni ostig‘a yashurur va har gadog‘a ul soya tushsa, salotin aning gadoyidurur va har shohdin
soyasin olsa gado aning qoshida shoh ko‘rinur
Birovkim anga himmat o‘ldi baland,
Erur olam ahli aro arjumand.
Kishi naqdi gar bir qaro mis emas,
Agar himmati bo‘lsa muflis emas.
Ani angla mufliski, yo‘q himmati,
Chu yo‘q himmati, yo‘q aning hurmati.
Bu rasm o‘ldi
oyini dayri fano
Ki, hurmat topar kimda bo‘lsa g‘ino.
Chu himmat erur kimiyoyi vujud
Ki, andin topar e’tibor ahli jud.
Birovkim, aning kimiyodur fani,
Ani desa bo‘lg‘ay el ichra g‘ani.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: