www.ziyouz.com
kutubxonasi
73
g‘inodur chu el hurmatig‘a sabab,
Anga ehtirom etsalar yo‘q ajab.
Birovkim, aning himmati yo‘qturur,
g‘ani bo‘lsa ham hurmati yo‘qturur.
Tutay, dunsifat kimsaning ganji bor,
Tunu kun aning hifzidin ranji bor.
Pashize agar tugdi ersa laim,
Mudom ochmog‘idin topar ko‘ngli bim.
Desakim: ochay tongla, yoxud bugun,
Tugar ul tugunga yana bir tugun.
Ochardin emas komi tarqotmog‘i,
g‘araz bor anga o‘zga bir qotmog‘i.
Ko‘runmay diram iqdin ochmog‘i xo‘p,
Diram har necha ko‘p, tugun dog‘i ko‘p.
Ochar bo‘lsa andin sarosar girih,
Solur ko‘ngliga bir girih har girih.
Ayig‘ la’bidin jatqakim non erur,
Ani itga solmoq ne imkon erur.
Bijin topsa yer, to ichiga sig‘ar,
Ne qolsa ovurtig‘a borin yig‘ar
1
.
Yig‘och uzra gar bo‘lsa yuz ming yongog‘
Ko‘mar yerga har ne o‘g‘urlodi zog‘.
Yer ostiki sichqong‘a koshonadur,
Yana anda har yon nihon xonadur.
Razolatni haddin qachon oshurur,
O‘zidin dog‘i tu’masin yoshurur.
Najosat yo‘lidin qo‘yub gulxani,
Zaxiram, deb anbor aylar ani.
Jualdur tezak toshimoqdin zabun
Ki, bo‘lmish qarorib, yuzi sarnigun.
Ani qo‘ymas o‘lmakligin bilsa ham,
Necha ot oyog‘ig‘a yanchilsa ham.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
74
Ko‘rar ayb dun sarf qilmoq diram,
Aningdekki, yig‘mog‘ni ahli karam.
Karamdin birovkim tihi jayb erur,
Tihi aylamak jayb anga ayb erur.
Bu ish himmat ahlig‘adur ibtilo
Ki, jaybi diram birla bo‘lg‘ay to‘lo.
Karamsizki bor uyda maxzan anga,
Falokat bila foqadur fan anga.
Yemas elki amvol aro bo‘lsa g‘arq,
Alar birla muflislar ichra ne farqg‘
Desam ham bo‘lurkim, erur farqi kam,
Xirad ollida ko‘pdurur farqi ham
Ki, har necha bemoya bo‘lsa la’im,
Anga kimsadin yo‘qdurur hech bim
2
.
Vale bo‘ldi chun ganjiyu maxzani,
Xaloyiq erur jonining dushmani.
Qizil tulku yoxud qaro kish kibi
Ki, bo‘lg‘ay tuki qatlining mujibi.
Sadafdekki yiqqon uchun durri pok,
Qilurlar olur chog‘da ko‘ksini chok.
Ko‘ngul himmat ahlig‘akim bo‘ldi keng,
G‘ino birla faqr o‘ldi ollinda teng
3
.
Ne ganj o‘lsa bermakda bordur aziz,
Ne nomus etar bergali bir pashiz
4
.
Mubohot qilmas yemaktin kuloch,
g‘amin bo‘lmas ar topsa yovg‘on umoch.
Xirad ahli chunkim taammul qilur,
Tafovut bu ikida ham topilur.
Ne naqdeki ahli karam sarf etar,
Anga xalqdin ko‘p mashaqqat yetar.
Agar yo‘q anga bazl etar dastras
Ki, zoti aro himmati ganji bas.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |