Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

XVIII 
 
HIKMAT 
Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, maqsudg‘a qaysi maqom yaqinroq va ul maqom sari ne 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
79
nav’ xirom munosibroq va Arastu yo‘qluq maqomig‘a yo‘l ko‘rguzmak va sabukborliq xiromi ohangi 
tuzmak 
Arastudin etti Skandar savol: 
«Ki, ey fikratingg‘a falak poymol
Ne yo‘ldurki, maqsud erur manzili, 
Ne ishdurki mahmud erur hosilig‘» 
Dedi: «Xalqdin o‘zni fard aylamak, 
Fano ko‘yi yo‘linda gard aylamak». 
Dedi: «Ul kishikim tavongardurur, 
Anga xayr ko‘prak muyassardurur». 
Amalning chu maqsud aro daxli bor
Tavongarg‘a ko‘prak kerak e’tibor. 
Birovkim savob etsa ko‘prak husul, 
Anga ko‘prak o‘lg‘ay umidi vusul. 
Dedi: «Xayrkim qilsa ahli manol, 
Bu ishdin emastur yiroq ikki hol. 
Biri ulki: mavqe’dadur ul ishi, 
Ishin g‘ayri mavqe’ qilur ham kishi. 
Gar ish g‘ayri mavqe’da mavjud erur, 
Kishi har nekim qildi mardud erur. 
Va gar o‘z yeridadurur qilg‘ani, 
Ne ish qilsa maqbul tutsaq ani. 
Nekim asldin topti ma’zulluq, 
Ishi far’ ila bo‘ldi mashg‘ulluq. 
Yerur rohzan kimki ogoh erur, 
Bu yo‘lda nekim mosivalloh erur. 
Birov shoh vaslig‘a qat’ etsa yo‘l, 
Kerak voqif o‘lsa qaroqchidin ul. 
Qaroqchig‘a bo‘lg‘on kishi muttafiq
Qachon shoh bazmig‘adur mustahiqg‘ 
Vale ulki raf’ etti budu nabud, 
Gumon qilmadi Haqdin o‘zga vujud. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
80
O‘zin chunki maqsud aro qildi yo‘q, 
O‘zi qolmayin, qoldi maqsudi-o‘q. 
Gumon qilma mundin biyikrak maqom
Kishi anda chun yetti, bo‘ldi tamom». 
Bu durlarnikim sochti gavharfurush, 
Sadaf og‘zidek soyil o‘ldi xamush. 
XIX
Iskandarning saltanat tojidin sarkashlik qilib, xilofat taxtidin ayoq tortqoni va Rum ahli boshlarin 
oyog‘iga qo‘yub, aning maqdamidin taxt poyasin baland qilib, toj qadrin arjumand qilg‘onlari va 
aning adli aynining quyoshi bila zulm shomining xuffoshin ko‘r etib, jahonni yorutqoni va zulm 
ahlining zulmatdek olam yuzidin qiroq tutqoni 
Guzorishqa ulkim, qalam qildi tez, 
Qalamdin bu yanglig‘ bo‘lur nuktarez 
Ki, chun Faylaqus o‘rtadin chekti raxt, 
Skandarg‘a taslim etib toju taxt. 
Skandarki donoyi ofoq edi
Bilik ichra ofoq aro toq edi. 
Anga toj ila taxt tushmay qabul, 
Bu andeshadin behad erdi malul 
Ki, shahlig‘da haddin ko‘p ofot erur, 
Ne qilsa falakdin mukofot erur. 
Agar tarkiga ko‘nglini shod etib
Atoning vasiyatlarin yod etib. 
Ko‘p oshufta qilg‘och ani bu mihan, 
Ulusni yig‘ib, tuzdi bir anjuman. 
Chu yaksar yig‘ildi sharifu vaze’ 
So‘ze qildi og‘oz behad bade’. 
«Ki, ey qavmkim, mulkungiz keldi Rum 
Ki, ollimda holo qilibsiz hujum. 
Agar sarfaroz ar sarafgandasiz, 
Bori Tengriga men kibi bandasiz. 
Yeman siz kibi, sizdin o‘ksuk base, 
Atosiz, dil ozurdae bekase. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin