Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
85
Chu Iskandari mehr o‘lub pardapo‘sh, 
Shafaq bodasin topti qilmoqqa no‘sh. 
Tarabdin falak qildi holi anga
Yangi oyni jomi hiloliy anga. 
Skandar barumand o‘lub baxtidin, 
Shabistong‘a kirdi tushub taxtidin. 
Gulu sabza uzra tuzub toza bazm, 
Mayi lolagun ichgali qildi azm. 
Qadah partavikim damo-dam tutub
Shabistonni xurshiddek yorutub. 
Debon so‘z, degach shohi gardunjanob, 
Javobin Arastuyi hikmatmaob. 
Surub nukta har sori donishvari, 
Bilik ichra allomai kishvari. 
Ne hikmatdin ayru qadah gardishi
Ne juz ilmi hikmat takallum ishi. 
Nukotkim shahi komyob aytibon, 
Anga nukta ahli javob aytibon. 
Zuhur aylabon garchi ayshu tarab, 
Vale sarbasar mahzi ilmu adab. 
Chu har ilmdin bo‘ldi guftu shunid, 
Dimog‘ini shahning qizitti nabid. 
Qo‘pub chiqqali mayl ko‘rguzdi xayl, 
Ko‘zi shohning uyqug‘a qildi mayl. 
Bo‘lub uyqu chun ulcha matlub o‘lub, 
Yorim kecha ham sajda marg‘ub o‘lub. 
Ibodat uchun shohi yazdonparast
O‘zin xas kibi qildi tufroqqa past. 
Ishi yig‘layu uzri mofot edi, 
Anga tongg‘acha bo‘yla avqot edi. 
Quyosh chun qilib avj ohangini, 
Yorutti yana charx avrangini. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
86
Kavokib topib ul yoruqdin zarar, 
Bori uchtilar ul sifatkim sharar. 
Skandar yana taxtin aylab maqom, 
Xaloyiqqa hukm ayladi bori om. 
Ulus qildilar xizmatig‘a hujum, 
Quyosh tegrasida nechukkim nujum. 
Yig‘ilg‘och ulus shah qilib ibtido
Xaloyiqqa so‘z mundoq etti ado: 
«Ki, berdi manga dodgarlik Iloh, 
Bor ersa xaloyiq aro dodxoh, 
Kelib ollima arzi hol aylasun
O‘z ahvolini qiylu qol aylasun! 
Qoshimda so‘zin arz aylar zamon, 
Meni bir o‘zi yanglig‘ etsun gumon. 
Ne taxtimdin o‘lsun anga dahshate, 
Ne tojimdin o‘lsun anga vahshate. 
Ne shah deb meni aylasun iztirob
Ne maqsud adosida qilsun shitob. 
Ayon aylasun reshi dardu g‘amin, 
Yoqay dod bermak bila marhamin». 
Ulus boshladi arzi hol aylamak, 
Skandar bila qiylu qol aylamak. 
Sahardin anga tegrukim istivo, 
So‘rub, xalq dardig‘a qildi davo. 
Kishi qoni to‘kkanni bo‘ynin urub, 
Qo‘lin kestururning, qo‘lin kesturub. 
Berib dod mazlumi g‘amxorag‘a, 
Qilib rahm marhumi bechorag‘a. 
Qilib zulm ahlin qaro yerga past
Alarg‘aki, mazlum erur zerdast. 
Xush ul shahki zulm ahlin aylab nigun, 
Jafokash jafogarni ko‘rgay zabun. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin