Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
102
Tanobeki, bo‘lg‘ay necha ming qari,
Yeshilgan, kelur chog‘da daryo sari.
Bir uchin qilib shisha davrig‘a rust,
Yana bir uchin tutturub elga chust.
Bu yanglig‘ qilib cho‘kti daryo quyi,
Ani qa’rig‘a chekti daryo suyi.
G‘aroyibki daryoda bo‘lg‘ay nihon.
Anga zohir o‘ldi jahon dar jahon.
Alardin ravo aylabon komini,
Kema ichra qo‘ydi yana gomini.
Va lekin bu so‘zda
erur ixtilof,
Yerida demakdin emasmen maof.
Yana azm qildi qurug‘luqqa bot,
Chiqib ayladi azmi obi hayot.
Qoronquda aylab yorug‘luq talab,
Ani topmayin qoytti xushklab.
Qurug‘luq aro Xizr o‘lub rahbari,
Tengiz ichra Ilyos edi yovari.
Bu ishlar qilibkim, kishi qilmayin,
Kishidin bu nav’ ishlar aytilmayin.
Valoyat qilib Tengridin multamas,
Nubuvvatqa dog‘i topib dastras.
Bo‘lub
oncha davlat muyassar anga,
Yana oncha kishvar musaxxar anga
Ki, sabtig‘a yo‘nsa kishi xomae,
Keraktur raqam topsa «Shahnoma»e.
Va lekin bu daftarda gunjoyishi,
Yemas siqqudek borcha oroyishi.
Zaruratdin
alqissa har hol ila,
Aning qissasin surdum ijmol ila.
Ado bo‘ldi har bayt aro daftare,
Har uy ichra qildim nihon kishvare.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: