Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
93
Tamoshosidin ko‘zga yorub charog‘, 
Muattar bo‘lub atri birla dimog‘. 
Ko‘rub shoh Mas’ud bu turfa hol, 
O‘pub yer atosidin etti savol 
Ki: «Sultonlig‘ing ichra netting ekin 
Ki, bu nav’ manzilg‘a yetting eking‘» 
Dedi: «Ul zamonkim, jahondor edim, 
Adolat qilur fikrida bor edim. 
Chekar chog‘da Hindustong‘a sipoh, 
Chu ul nohiyat bo‘ldi oromgoh, 
Dedim emin o‘lsun cherikdin bu mulk, 
Sitamg‘a uzotur ilikdin bu mulk. 
Munodidin anglab bu hukmumni xayl, 
Manga bo‘ldi sayr aylamak sori mayl. 
Qilib besha tavfig‘a har yon nazar, 
Ki, nogah bir el sori soldim guzar. 
Jazira aro necha uyluk kishi, 
Kelib za’f ila ajz alarning ishi, 
Yig‘ochu qamishdin yasab xonumon, 
Ani sandalu zarhal aylab gumon. 
Uy ichra gilem o‘rnida bo‘ryo, 
Kelib bog‘u bo‘ston buzuq qo‘ryo. 
O‘tar chog‘da nazzora aylab muni, 
Yetishti qulog‘img‘a mazlum uni. 
Hamul un bila markab ettim ravon, 
Chu yettim, ajuze edi notavon. 
Buzub qo‘ryosin cherikchi kirib, 
Uyidin necha shox o‘tun oyirib, 
O‘tunni uyidin chiqorg‘on zamon, 
Solib to‘bra ichra dog‘i somon. 
Yana bir ayog‘ ham olib badsigol 
Ki, ul zarf bor erdi yashil safol. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
94
Bularni olib zolimi tundxo‘, 
Chiqarda yo‘luqti manga ro‘baro‘. 
Jadal aylabon dodxohi bila, 
Kelib ul iki-uch guvohi bila. 
Chu bildim aning zulmu yag‘mosini, 
Iyosiga qaytardim ashyosini. 
Yana qo‘ryosini naybast etib, 
Ne ayrilg‘onin borcha payvast etib. 
Dedim, bog‘labon zolim ilgini rust, 
Osib bo‘g‘zidin ul uy ollida chust. 
Chu ashyosini oldi zoli najand, 
Hamul dam sipah sori surdum samand. 
Men etgan zamon tarki dori g‘urur 
Ki, bo‘ldi maqomim bu dori surur. 
Nihoyatsiz erdi gunohim mening, 
Bu ish bo‘ldi oxir panohim mening. 
Xitob o‘ldi, k-ey osiyi borgoh 
Ki, umrungda qozg‘onmading juz gunoh. 
Necha haddin ortuq gunahkorsen, 
Tomug‘ shu’lasig‘a sazovorsen. 
Hamul adlkim tutti sendin vujud, 
Gunohing bog‘ishlandi budu nabud. 
Vale har ne ish qilg‘oning beg‘araz 
Topibdur bu olamda bir-bir evaz. 
Tuzatting chu ul zolg‘a qo‘ryo, 
Yo‘q erdi bu fe’lingda ro‘yu riyo. 
Aning muzdidur bu riyozi bihisht, 
Yeli mushkso, gardi anbarsirisht. 
Iki shox o‘tunkim, ani oldi zol, 
Yerur muzdi bu naxli tubo misol. 
Yashil zarfkim, aylading rad anga, 
Yevazdur bu havzi zumurrad anga. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
95
Yetaklik somoninki oldi ajuz, 
Yevazdur anga za’faron birga yuz. 
Qatil etganing zolimi shumni 
Ki, qutqording ul xasta mazlumni. 
Aning muzdi bo‘ldi hayoti abad, 
Maqosidga yo‘q bu hayot ichra had. 
Bu savdodin ar voqif o‘lsa kishi. 
Qachon adldin o‘zga bo‘lg‘ay ishi. 
Agar adl olamda tutmas vujud, 
Pushaymonlig‘ etmas bu olamda sud. 
Sangakim bu soat erur dastras, 
Bu ish kasbidin tinmog‘il bir nafas. 
Damekim, shah o‘z adlidin fard erur, 
Anga ul dame bedavo dard erur. 
Chu Mas’ud uyg‘ondi ul uyqudin, 
Farog‘at topib xotiri qayg‘udin. 
Adolat tariqin shior ayladi, 
Ato buyrug‘in ixtiyor ayladi. 
Qayu shahki adl etsa Mas’uddek, 
Ne tong Haq nasib etsa Mahmuddek. 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin