Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
92
Shahekim, anga adl bo‘lg‘ay qiliq,
Yerur aylasa sirfa besirfaliq.
XXI
Mahmud hikoyatikim, ajal og‘ir uyqusig‘a borg‘ondin so‘ngra Mas’udning tushiga kirdi va adolat
aynin paydo qilur uchun anga pandlar berdi va nasihat zilolidin aning yuziga bir suv urdikim, ani
g‘aflatuyqisidin seskandurdi
Yeshittimki, Mahmudi
1
g‘oziyg‘a dahr
Chu jomi hayot ichra hal qildi zahr.
Qilib «irjii» nag‘masin istimo’,
Ruju’ etti olamg‘a aylab vido’.
Jahondin uzar chog‘da payvandini
Valiahd etib erdi farzandini.
Chu
ul ayladi tarki dori fano,
Firoqida o‘g‘lig‘a erdi ano.
Hamono laqab erdi Mas’ud anga,
Kirib tushga bir kecha Mahmud anga,
O‘g‘ulg‘a ajab nav’ qildi zuhur,
Boshidin-ayog‘ig‘acha g‘arqi nur.
Bo‘lub turfa bog‘e
aning maskani,
Dema bog‘kim, ravzaning gulshani.
Damo-dam fuzunroq nishoti aning,
Oshib har zamon inbisoti aning.
Zumurraddin ollida havzeki, aql
Kelib ojiz avsofin aylarda naql.
Mudavvar
kelib charxi axzar kibi,
Suvi lavnu ta’m ichra kavsar kibi.
Qirog‘ida ul havzning bir daraxt,
Solib shoh uza soya andoqki baxt.
Qilib past tubo qadin poyasi,
Hamul ravza sahnin tutub soyasi.
Yana ravzaning sabzasi za’faron,
Isi xastalar jismidin za’fron.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: