Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
108
Nahangeki bahr ichra bebok erur,
Gar ul suvda yuz ming durri pok erur.
Ne nav’ o‘lg‘ay
andin xiroj istamak,
Suvda durri ko‘p bo‘lsa boj istamak.
Bu yanglig‘ tamannoni qilg‘on base,
O‘zin suvda qildi balig‘ tu’masi.
Xiradmandlig‘ keldi xursandliq,
Qulaysiz tama noxiradmandliq.
Chekib bejihat bo‘yla xorij navo,
Aromizda ko‘rma xusumat ravo.
Gumon etmakim, molu johing sening,
Ish o‘lg‘onda bo‘lg‘ay panohing sening.
Dema yer ko‘tarmas
adadsiz cherik,
Sanga tig‘im ollinda tutqay ilik.
Sanga ko‘p, manga ozroq ersa sipoh,
Yerur berguchi ozu ko‘pga Iloh.
Kerak dastgir o‘lsa davlat ishi,
Yo‘q ersa netar ko‘p cherikni kishig‘»
Tugatguncha so‘zni shahi nuktago‘,
Mahobat eshitguchini qildi suv.
Qo‘pub qosidi notavon tutti yo‘l,
Vale ne tirik, ne o‘luk erdi ul.
Solib
tezrak har nafas gomni,
Chu Dorog‘a yetkurdi payg‘omni.
Javobini Doro eshitgach tamom,
Tag‘ayyur topib, bo‘yla surdi kalom
Ki: «Har kimga bu nav’ afsonadur,
Tasavvur qilurmenki, devonadur.
Va
yo mast erkinki, bu so‘zini
Degan chog‘da bilmaydurur o‘zini.
Va yoxud erur tifli beaqlu roy
Ki, ermas so‘zida xirad rahnamoy».
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: