Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
111
Yo‘q ollingda so‘z derga yoro manga, 
Vale dey, degan so‘zni Doro manga. 
Ne so‘zkim demish ul desang, arz etay, 
Desang yo‘q, qayondinki keldim, ketay». 
Skandar zamirig‘a soldi bilik 
Ki: «Bordur keturgan kalomi irik». 
Dedikim: «Payom etti Doroyi dahr, 
Adolat bila kishvaroroyi dahr, 
Ki, rasmi qadimiyki, derlar xiroj, 
Ki, yo‘q bizga olmoqqa xud ehtiyoj. 
Vale shohlarkim, erur bandamiz, 
Ne hukmeki qilsoq sarafkandamiz. 
Muni bermak – izhori toatdurur, 
Bizing hukmumizga itoatdurur. 
Otongg‘a zamonekim, erdi hayot, 
Bu xizmat aro zohir etti sabot. 
Chu sen topting oning maqomig‘a yo‘l, 
Kerak qilsang erdi, nekim qildi ul. 
Itoat tariqin shior etmading, 
Nekim qildi ul, ixtiyor etmading. 
Iki-uch yil o‘ttiyu ul yetmadi, 
Kishi ham ani bozjust etmadi. 
Chu ish haddin o‘tti yiborduk kishi 
Ki, bo‘lg‘ay xiroj olmoq oning ishi. 
Demishsen necha so‘zki, hadding emas, 
Kishi bilsa haddin, so‘z andoq demas. 
Vale nevchunkim, kichikdur yoshing, 
To‘qunmaydurur toshqa hargiz boshing. 
Dedukkim, jununungg‘a og‘oz emish, 
Jaholat sanga ko‘pu aql oz emish. 
Ishingga yo‘q isloh tadbirdin, 
Chu go‘daksen, o‘ttuk bu taqsirdin. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
112
Kerak emdi xizmatni nokom etib, 
Ne vajheki qolmish saranjom etib. 
Olib, qilmayin vahm, azm etgasen, 
Rafe’ oston o‘pgali yetgasen. 
Yuzungdin dog‘i raf’ bo‘lg‘ay hijob, 
Inoyat dog‘i ko‘rgasen behisob. 
Agar vahmdin iztirob aylasang, 
Degan amrdin ijtinob aylasang 
Va yo bo‘lsa tug‘yoni jahlu g‘urur 
Ki, so‘z raddi zotingg‘a kelsa zarur 
Ki bilmasliging ibtidosidur ul, 
Kichik yoshlig‘ing iqtizosidur ul. 
Yibordim qoshingg‘a munosib nima, 
Bo‘yun to‘lg‘ama, nomunosib dema! 
Keturdi, bu so‘zni debon nuktago‘y 
Aro yerga bir savlajon birla go‘y 
Ki, go‘dakliging chunki g‘olibdurur, 
Sanga go‘yu chavgon munosibdurur. 
Budurkim, ko‘rungay sanga ko‘zga ish, 
Va lekin erur mulk ishi o‘zga ish. 
Va gar raf’ qilmay ko‘nguldin xilof, 
Ayon qilmasang ajzinga e’tirof. 
Nizo’ o‘lg‘on o‘lsa muakkad sanga 
Ki, xud yo‘q ul andeshag‘a had sanga. 
Qo‘yub jahl, o‘z joningga rahm qil, 
Sipohim hisobin bu kunjudcha bil». 
Debon, qo‘pti majlisdin aylab shitob, 
Ulug‘ zarf aro kunjudi behisob 
Keturdiyu og‘zidin ochti tugun, 
Bisot ichra ul zarfin etti nigun, 
Dedi: «Shohdin har kim etsa haros, 
Sipohin bu kunjuddin etsun qiyos». 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin