Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
116
Qachonkim ayon bo‘ldi hamkorliq,
Ne imkon kishi bo‘lmay ozorliq.
Bilur kimki bir pesha bo‘lg‘ay fani
Ki, albatta hampeshadur dushmani.
Bir ishta mahorat chu zohir bo‘lur,
Yana kimsa ham anda mohir bo‘lur.
Chu har soridin bo‘ldi da’voyu lof,
Aro yerda solur taassub xilof.
Bo‘lur kin ikovning tuniyu kuni,
Tilar bo‘lmag‘ay – bu ani, ul muni.
Nedinkim biri bo‘lsa
tufroqqa teng,
Bu fanda qolur yer yana birga keng.
Kim o‘lsa birov birla hamfanlig‘i,
Jihat budurur bo‘lsa dushmanlig‘i.
Bu yolg‘uz emas ahli san’at aro
Ki, ko‘prakdurur ahli davlat aro.
Shahekim anga bo‘lsa yuz ming kishi,
Budur borcha bir chargalikning ishi.
Alarkim, nayobatqa mansubdur,
Taqarrublari shahg‘a matlubdur.
Alarkim, erurlar amoratmaob,
Qilurlar nayobat uchun iztirob.
Alarkim, tuman bo‘ldi oyinlari,
Amorat uchundur bori kinlari.
Alarkim, qo‘shunbekligin qildi fan,
Xarobi bukim boshlag‘aylar tuman.
Yerur chun tafovut bila ul asos,
Asofilg‘a tegru bihozalqiyos.
Qayu chargakim anda bir xayl erur,
Borig‘a
yana chargaga mayl erur
2
.
Qilur har biri sa’y yetmak burun,
Hamul maqsadi ichra topmoq o‘run.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: