Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
120
Yana
bir boshin ochib, etmay haros,
Ayon ayladi yolborib iltimos
Ki: «Avval mening boshima tig‘ sur,
Chu men o‘ldum, ul dam aning bo‘ynin ur!»
Munga chunki mayl etti o‘lturgali,
Boshig‘a jafo tig‘i tekurgali.
Ochib boshin ul bir ham aylab havas,
Nekim erdi avvalg‘ig‘a multamas.
Bular har bir – ul bir uchun qayg‘uda,
Bu holatda Chingiz emish uyquda.
Tushiga
kirar bu ikki yor ishi,
Muni ko‘rgach aytur anga bir kishi
Ki: «Kechgil xaloyiqqa ozordin,
Vafo o‘rgan ushbu iki yordin.
Sanga kinavar bo‘lsa Xorazmshoh,
Ul ishtin jahon ahlig‘a ne gunohg‘»
Iki
shah kini jahonni buzub,
Iki zor mundoq vafo ko‘rguzub.
Chu uyg‘ondi uyqusidin qahramon,
O‘lumdin xaloyiqqa berdi amon.
Iki yoru qotilda ul mojaro
Ki, om o‘ldi baxshish so‘zi xalq aro,
Qilib erdi kofirg‘a dog‘i asar,
Yetishti qulog‘iga chun bu xabar.
Qilib raf’ ko‘nglidin ozorni,
Yeshib qildi ozod iki yorni.
Iki shoh chun bo‘ldilar kinaxoh,
Jahon ahli bo‘ldi sarosar taboh.
Vale
iki darveshning himmati,
Muvofiqlig‘i yumni xosiyati
Ki, qildilar isor joni hazin,
Ko‘tardi jahon ahlidin tig‘i kin.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: