Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
122
Munung birla ham topmasa imtino’,
Bo‘lur vojib ul lahza qilmoq nizo’.
Bo‘lur chun nizo’ ichra nuqsonu sud,
Kerak anda bir shart tutsa vujud
Ki, bukim nizo’ ichra tuzdi asos,
O‘zin aylasa xasm birla qiyos.
Agar g‘olib o‘lmog‘lig‘in chog‘lasa,
Nizo’ig‘a ul lahza bel bog‘lasa.
Va
gar quvvatin anglasa bayn-bayn,
Aroda padid etmasa sho‘ru-shayn.
Va gar xud o‘zin bilsa mag‘lubdur,
Nasihat bila iktifo xo‘bdur.
Kerak ul nasihat dog‘i narmro‘y
Ki, to mustami’ bo‘lmag‘ay tundxo‘y.
Ki tund o‘lsa ko‘p vahshat imkoni bor
Ki, nosihqa ham bim nuqsoni bor.
Nizo’ ichra mundoq marotibni bil,
Qila olmog‘ing chun yaqin bo‘ldi qil.
Yaqin bo‘lmasa g‘olibi zan kerak,
Kishi barcha ishta xiradfan kerak.
Birovkim
xiraddur anga rahnamun,
Bu ishlarda qo‘ymas bo‘lurg‘a zabun».
Chu nofi’ javob angladi mustami’,
Yana so‘rmadi so‘z – bo‘lub muntafi’.
XXVII
Doroning Iskandar so‘zidin oshufta bo‘lub, sipoh yig‘moqtin olamg‘a oshub solib, olam-olam cherik
yig‘ib Iskandar razmig‘a azm qilg‘oni va Skandar ham ul daryoyi ofat muqobalasida seli balo va ko‘hi
maxofat muqotalasig‘a barqi razm va vag‘o yasab yuzlashgani va ofoqni ul iki shoh zeru zabar qilurda
Doroning livoyi davlati o‘zga sarsar ofatidin sarnigun bo‘lub Iskandarning mahchak alami quyosh
livosidin o‘tgani
Iki shoh ishida hikoyatguzor,
Bu yanglig‘ berur so‘zga zebi uzor
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: