Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
128
Chu Doro hadisi anga bo‘ldi tuz
Ki, olam sipohin yig‘ib qo‘ydi yuz.
Bu yanglig‘ cherikkim bayon ayladim,
Raqam birla vasfin ayon ayladim.
Tuzub ul xiradmandi hikmatmaob,
Aduv ro‘baro‘yig‘a qildi shitob.
Nechukkim tengiz sori g‘urranda abr
Va yo go‘r xaylig‘a g‘urron hizabr.
Chu fahm etti ul ishni Doro dog‘i,
Ki bordi arodin madoro dog‘i.
Aning chiqmog‘i bo‘yla
bevahmu pos,
Aduv xaylig‘a soldi behad haros.
Chu o‘n manzil o‘ldi aro yerda jazm,
Iki yondin o‘ldi taanniyu hazm.
Yurush rasmida bo‘lmas erdi o‘sol,
Ko‘charda, tusharda bor erdi yasol.
Tushulgach, cherik davrini shaq qilib,
Sipah hifzi aylarga xandaq qilib.
Quyosh chun botib ko‘kka
soya chiqib,
Hamul iki yondin taloya chiqib.
Yazak ahlig‘a, o‘yla bedorliq,
Taloya aro, o‘yla hushyorliq
6
.
Ki, gar mo‘r
tebransa qilmay darang,
Tikarlar edi ko‘zin otib xadang.
Bu yanglig‘ sipah boshlabon ikki shoh
Ki, bir kunchilik qoldi yo‘l razmgoh.
Aro yerda tog‘e edi bas rafe’,
Iki yonida iki dashti vase’.
Iki dasht aro iki xusrav eli
Ki, yo‘l topmay ul el aro tong yeli.
Skandar sipah tegrasiga yetib.
Nechakim kerak
zabtida jahd etib,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: