Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
134
Juvong‘orda Mag‘rib
eli bir sari,
Yana sori Bartosiyu Barbari.
Sinonlar sarig‘ rang, qalqon dog‘i,
Kejimlar sarig‘ jins, xafton dog‘i,
Arab barridin nayzavar qirq ming
Ki, yakroni tozi kelib borchaning.
Alamlar qarou sinonlar qaro,
Bedov uzra bargustvonlar qaro.
Hamul mag‘rib ahlini boshlab Tali’,
Arab xaylining peshvosi Vaki’.
Madoyin navohisidin Ardasher,
Chekib tig‘, xaylida yuz ming daler.
Binafsh
aylabon shadda birla dirafsh,
Samand uzra bargustvon ham binafsh.
Qutayf ahli, Bahraynu Bag‘dod ham,
Sipahbad alarg‘a kelib Gustaham.
Bo‘lub sarbasar ko‘k temur ichra g‘arq,
Ko‘k atlasda pinhon qadam to bafarq.
Juvong‘or ham olti yuz ming adad,
Bular boshqa andinki bo‘lg‘ay madad.
Hirovul yasab yeti yuz ming kishi
Ki, hayron qolib yeti ko‘k gardishi.
Borining
kelib xudu xaftoni oq,
Nekim kiyguluktur yasab oni oq.
Bu kofurgun saf aro razm eli,
Kelib Dashti Qifchoqu Xorazm eli.
O‘zidin topib g‘ul farru shukuh,
Sipah saf tuzub davrida ko‘h-ko‘h.
Qilib andoq orosta yetti g‘ul
Ki, yel xayli topmay aro yerda yo‘l.
Bo‘lub
har saf ul elga yuz ming nafar,
Shah oyinidin barchag‘a zebu far.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: