Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
139
Burun bor edim shoh Dorog‘a qul, 
Vale topmadim qullug‘i ichra yo‘l. 
Meni, o‘ylakim bor edim bilmadi, 
Rioyat, nechukkim kerak, qilmadi. 
Topib mendin o‘ksuklar andin navo, 
Manga ko‘rdi ko‘p benavolig‘ ravo. 
Chu holim dedim, shohi oliysifot, 
Javobimg‘a ham qilmadi iltifot. 
Ijozat so‘zin arz qilg‘och turub, 
Tayog‘latti qahr aylabon bosturub. 
Chu Doro qilib muncha zulmu shikast, 
Meni qildi baxtim Skandarparast. 
Chu dargohig‘a yettim istab panoh, 
Manga oncha lutfu karam qildi shoh. 
Kim ul tarbiyatdin sarafkandamen, 
Ish etmay olib muzd, sharmandamen. 
Bukunkim, qilibmen bu maydong‘a azm, 
Iki ish uchun aylagum kinu razm: 
Bir ulki: shahimg‘a qilib bandaliq, 
O‘zumdin qilay raf’i sharmandaliq. 
Yana ulki: chun qatl rasmin tuzay, 
Ishim shoh Dorog‘a ham ko‘rguzay. 
O‘zin ulki harbimg‘a moyil qilur, 
Manga iki maqsud hosil qilur: 
Alarg‘aki shohi xirad rahnamun, 
Inoyat qilib erdi mendin fuzun. 
Bo‘lurkim payopay ravon aylagay, 
Yako-yak borin imtihon aylagay». 
Chu Boriq tugatti kalomin tamom, 
Alardinkim ul aylamish erdi kom. 
Ravon bo‘ldi maydong‘a qotilvashe, 
Tutundek g‘aliz, o‘t kibi sarkashe. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
140
Oti na’lidin toki xudida mil, 
Kirib ko‘k temur ichra andoqki nil. 
Oti na’lidinkim sharar ayrilib, 
Balo abridin marg o‘ti choqilib. 
Falaksayri oshubi payvast ila, 
Solib yel dimog‘ig‘a farrast ila. 
Hamoyildag‘i tig‘i bejodadek, 
Qo‘l ichra sinoni kelib xodadek. 
Ani razm eli sheri darron, debon, 
Otin anjuman ahli Harron
18
debon. 
Chu maydon tariqin ado ayladi, 
Turub xusravig‘a duo ayladi. 
Tugatgach duo, chopti Boriqqa tez, 
Anga dog‘i Boriq bo‘lub barqxez. 
Biri-birga maydonda chirmoshtilar, 
Base bir-biridin qolib, oshtilar. 
Uch uz oltmish olti la’bu girih, 
O‘tubkim sinon uchi ko‘rmay zirih. 
Ham oxir chu Boriq edi ishta chust, 
Sinon birla markabdin oni durust 
Yiroq soldi andoqki, charxi barin, 
Sinonu qo‘lig‘a dedi: «Ofarin!» 
Tushub, bo‘ynig‘a bog‘labon polahang, 
Shah ollig‘a yetkurdi qilmay darang. 
Skandarga farxunda bo‘ldi bu fol 
Ki, nusrat anga avval ochti jamol. 
Yana sherpaykar yali xasmband, 
Yer o‘ptiyu maydong‘a surdi samand. 
Tilar erdi hayjo qilurg‘a tane 
Ki, razmig‘a ot surdi pilafkane. 
Dalereki to razm varzish qilib, 
Aduvsig‘a yuz ma’raka ish qilib. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin