Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
144
Bukim Barbariyning bo‘lub g‘olibi,
Aning sori kelturmadi Mag‘ribiy.
Necha shodmonliqqa mone’ edi,
Vale xasm daf’ig‘a qone’ edi.
Chu xurshid dorosi etti kamin,
Kamingoh anga bo‘ldi Mag‘rib zamin.
Qilib
jilva oy mehri xovar kibi,
Ulusni yorutti Skandar kibi.
Yonib razmgahdin ul iki sipoh,
Tushub berk tuttilar oromgoh.
Tutub xandaq iki sipah davrini,
Qanot, o‘ylakim borgah davrini.
Taloya yana chiqti har soridin,
Yazak tinmadi hifz izhoridin.
Qilib
borgoh ichra Doro maqom,
Zarurat yuzidin tilab rudu jom.
Vale qon yutub shisha yanglig‘ nihon
Ki, tongla ne ish zohir etgay jahong‘
Skandar dog‘i o‘zga oyin topib,
Bir Iskandar onida taskin topib.
Topib o‘ng yonida kamol ahli yer,
Tutub so‘l qo‘lida qitol ahli yer.
Taammul
bila har xiradpeshae,
Qilib fath bobida andeshae.
Tahavvur bila har jahonpahlavon,
Tilab nusrat onchaki tobu tavon.
Chu o‘tti kecha xaylidin iki pos,
Biror elda jur’at, birorda haros.
Tilab xilvate shohi yazdonparast,
Tazarru’ qila bo‘ldi tufroqqa past.
Zafar istamakdin chu topti farog‘,
Sahar najmi yorutmish erdi charog‘.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: