Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
138
Suron soldilar avval ul nav’ tez
Ki, olamg‘a tushti ajab rustaxez.
Demasmenki, qo‘zg‘oldi
olam eli
Ki, bulg‘ashti bu sabz toram eli.
Qo‘yar erdi hamlin falak bevasi,
Satarvanlig‘ ar bo‘lmasa shevasi
16
.
Chu bir lahza topti sukun ul xuro‘sh,
Ulus og‘zi g‘avg‘odin o‘ldi xamo‘sh.
Nasimi vag‘o bir sori surdi gard,
Ko‘rundi xaloyiqqa dashti nabard.
Hamul
har tarafdin bir anbuh saf,
Ne anbuhkim, ko‘h to ko‘h saf.
Qililg‘on kibi lavn-lavnin bayon,
Tamosho qilur elga bo‘ldi ayon.
Aningdekki tushgay choqindin duraxsh,
Skandar safidin birov surdi raxsh.
Tarid aylayu kirdi maydon aro.
Hunarlar ayon qildi javlon aro.
Solib bodpoyig‘a bargustvon,
Namudor aro, o‘ylakim arg‘uvon.
Kiyib
javshan ustiga chiniy harir,
Kelib suv uza sabzadek dilpazir.
Sinon o‘ng qo‘linda nechukkim sutun,
So‘l egnida qalqon kelib la’lgun.
O‘tog‘a tikib xudida savsani,
Bo‘lub g‘unchadin savsan ochmoq fani.
Bu hay’at bila chobuki jangjo‘y,
Turub o‘rtada boshladi guftugo‘y.
Skandar duosin burun qildi yod
Ki: «Topsun aduvsig‘a komu murod!»
Yana
dedi yuz kelturub har sari
Ki: «Derlar meni Boriqi Barbariy
17
.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: