Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
131
Falak mash’ali ko‘ktin o‘lg‘och nigun, 
Zamona bo‘lub dudidin qirgun. 
O‘zin aylabon mahkam iki sipoh 
Sipoh intizorin chekib razmgoh. 
Yazak aylabon, o‘yla ogohliq 
Ki, qilmay anga soya hamrohliq. 
Taloya bo‘lub har taraftin mudir, 
Tun o‘g‘risin etmak tilab dastgir
9

Yazakdin sipah davrida, o‘yla bim 
Ki, tebranmak imkoni topmay nasim. 
Ulus, o‘yla mazbut o‘lub har sori 
Ki, un ham chiqa olmayin tashqori. 
Iki shoh har sori ish fikrida, 
Yasol zikri birla tikish fikrida. 
Nari yuzda Doroyi anjumsipoh, 
Boshi uzra gardun kibi borgoh. 
Qilib taxt uza ish yarog‘ini guft, 
Bori nav’idin oshkoru nuhuft. 
O‘zi jonibi fath lozim ko‘rub, 
Livosig‘a nusrat mulozim ko‘rub. 
Ko‘ziga Skandarni hech ilmayin
Qazodin ne hol o‘lmog‘in bilmayin. 
Sipahbadlari xud g‘ulu aylabon, 
Skandar so‘zin guftugo‘ aylabon 
Ki: «Gar shoh hukm etsa bevahmu biym, 
Yerurbiz anga har birimiz g‘anim». 
Biri debki: «Ko‘rgach qaro qochqusi», 
Biri debki: «Uzr eshigin ochqusi». 
Va lekin Skandar sori barcha jazm 
Ki, qilmoq kerak tongla o‘lguncha razm. 
Qaviy xasmg‘a mumkin ermas shikast
Magar ulki ko‘rguzgabiz zarbi dast. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
132
Ko‘zidin borib uyqu osoyishi, 
Ishi razm ahlining oroyishi. 
Yeliga karamdin yeturmak navid, 
Qochar elga bim, ish qilurg‘a umid. 
Yeli hech tinmay yasab sozu barg, 
Muhayyo qilib javshanu xudu targ. 
Ko‘runub uzun kina ahlig‘a tun, 
Vale kun xayoloti tundin uzun. 
Bu yanglig‘ edi iki yondin xayol 
Ki, bo‘ldi ayon subhi farruxjamol. 
Sahar oshkor etti zarrin livo 
Ki, bo‘ldi yorug‘ mahchasidin havo. 
Qazo soldi ul iki daryog‘a jo‘sh 
Ki, Bahrom sam’ig‘a yetti xuro‘sh. 
Chekib gurdlar na’rai hoila 
Ki, solib yer ajzosig‘a zilzila. 
Zuhur aylabon «arzu zilzolaho 
Va axrajatil-arzu asqolaho»
10

Bo‘lub tig‘zanlar qadam to ba farq
Falak turkidek ko‘k temur ichra g‘arq
11

Yasab harb uchun o‘zni markab uza, 
Takovar surub, o‘z yasolin tuza. 
Chu otlandi Doroyi davlatpanoh, 
Skandarg‘a o‘tru tuzatti sipoh. 
Sipah dema, daryoyi xunxor, de, 
Falak bahri andin namudor, de. 
Safe tuzdi tuzmakka oyini harb 
Ki, bir qambali–sharq edi, biri–g‘arb. 
Yasoleki bu tul ila ko‘rguzub, 
Budur turfakim, yeti dabqur tuzub. 
Borong‘or12 anga xayli Mashriq zamin, 
Samarqanddin toki sarhaddi Chin. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin