Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
136
Bular dog‘i yuz ming kelib son aro,
Chekib saf juvong‘orda maydon aro.
Hirovulda zang ahli ta’yin bo‘lub,
Alarg‘a yana o‘zga oyin bo‘lub.
Kiyib barchasi javshani zangsoz,
Yoruq ko‘zgudek zangdin beniyoz.
Yana
xudlar misli javshan kelib,
Qaro tunda xurshidi ravshan kelib.
O‘tog‘a temur birla shahpar misol,
Quyosh uzra sonchib nechukkim hilol.
Kejimlar dog‘i barcha po‘loddin.
Topib lam’a suhoni bedoddin.
Yorug‘ oha yuz ming aduv o‘trusi,
Sarosar ajal shaxsining ko‘zgusi.
Qilib g‘ulini borcha Rumiy sipoh,
Topib ziynat ul g‘ul ila razmgoh.
Qizil
yuz bila borcha andoqki sher,
Aduv qasdig‘a sher yanglig‘ daler.
Kejim borchag‘a sheru babru palang,
Jiba uzra xafton dog‘i ushbu rang.
Bo‘lub har bir, andoqki, g‘urranda abr,
Degil tutti olam yuzin sheru babr.
Turub qalb aro shohi farruhsarir,
Nechukkim hizabre, vale shergir.
Boshi
ustida sherpaykar alam,
Yesib anga nusrat yeli dam-badam.
Bu yanglig‘ sipah birla doroi Rum,
Sipohin yasab, o‘ylakim naxli mum.
Yurub xasm xaylining o‘trusig‘a,
Munung ul ham andoqki qarshusig‘a.
Chekib ko‘s uni iki yondin g‘irev,
Aningdekki, mast o‘lsa yuz narra dev.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: