Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
151
Umid ulki tavfiq bergay Iloh 
Ki, ruhungg‘a qilg‘ay meni uzrxoh!» 
Yeshitgan chu mundoq qabul etti so‘z, 
Degon chun eshitti bu so‘z, yumdi ko‘z. 
Ajal shomi tong yo‘q agar bo‘lsa fosh 
Ki, Bahman kuniga uyoqti quyosh. 
Adam bo‘ldi qonuni Luhrosbiy, 
Nigun bo‘ldi oyini Gushtosbiy. 
Bo‘lub tiyra Kayxusrav oyin charog‘, 
Siyovush o‘ti bag‘rig‘a qo‘ydi dog‘. 
Unut bo‘ldi Kovus yodi dog‘i, 
Bal ovozai Kayqubodi dog‘i. 
Manuchehr ruhig‘a tushti jaza’, 
Faridun ravonig‘a yetti faza’. 
Chu Doroni dahr etti jondin sutuh, 
Skandar jahondori Doroshukuh. 
Solib mahdi shohona ichra tanin, 
Kayoniy mahofa qilib maskanin. 
Judo ayladi razm maydonidin
Arig‘ aylab ul gard ila qonidin. 
Topib ravzason dashti miynusirisht, 
Olib sabzasidin nasimi bihisht. 
Tushurtub hamul sabza uzra si poh, 
Falak sabzasidin o‘tub borgoh. 
Hamul borgoh ichra tushgan zamon, 
Qilib qatldin elga hukmi amon. 
Ketur soqiy, ul mayki, jone topay, 
G‘am ichra o‘lardin amone topay! 
Ki, gar davr og‘u berdi Dorog‘a bot, 
Skandarga ham bermas obi hayot
21

Mug‘anniy, bugun nag‘mai chang tuz, 
Vale navha soz aylab ohang tuz 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
152
Ki, dardimg‘a tortib fig‘on yig‘layin, 
Dame o‘ylakim shisha qon yig‘layin! 
Navoiy, jahong‘a vafo yo‘qturur, 
Aning da’bu rasmi jafo-o‘qdurur. 
Vafo aylab oning vafosin unut
Navo istasang, benavolig‘ni tut! 
XXVIII
Zobitai rusumi shohiydakim, korxonai Ilohiydin namudordurur, aningdekki, ul borgohda xoh maloik 
xayli, xoh rusul ma’shari, xoh avliyo guruhi, xoh soyiri nos jamoati aloqadri marotibihim har biri o‘z 
yerida murattabdur, bu korgohda ham hamul dastur bila bo‘lsa yaxshiroq surat, balki zaruratdurur 
Kerak qilsa, ulkim tilar shohliq, 
Sipah borcha holidin ogohliq. 
Yaqin bilsa tuzganda piroyasin, 
Rioyat chog‘i har kishi poyasin.
1
Uluqqa uluqcha ato aylasa – 
Kichikka kichikcha saxo aylasa. 
Kim etsa vasatliq yo‘linda zuhur, 
Anga tuzsa oyini «xayril-umur».
2
Ne tutsa ulug‘ni qoshida kichik, 
Ne qilsa kichikni ulug‘ chargalik. 
Bu qonun bila bo‘lsa oyin anga
Topib kishvaru mulk tazyin anga. 
Ishida ko‘rub farrux anjomini, 
Olur saltanat amridin komini. 
Ne shahkim, anga mundoq ermas tuzuk, 
Tuzukluk nechuk kelgay andin, nechuk. 
Aningdekki tifl istabon inbisot, 
Chu shatranj o‘ynarg‘a yoysa bisot. 
Ne o‘ynorini bilsa, ne termagin, 
Ne olmog‘ini bilsa, ne bermagin. 
Olib qo‘ysa baydaqni shah yonida
Yana pil qo‘ysa rux ayvonida. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin