Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
146
Skandarga yozg‘on emishlar bitik,
Birovni yuborgan emishlar itik.
Qilib nomada sabt bu so‘zlarin,
Anga bog‘lag‘onlar emish o‘zlarin.
O‘qudi
Skandar chu ul nomani,
Ne nav’ erkanin bildi hangomani.
Va lekin gumon qildi makru firib,
Dam urmay o‘z-o‘ziga berdi shikib.
Dedikim: «Munga hech yanglig‘ javob,
Demakda emas erdi royi savob
Ki, yolg‘on
esa demagan yaxshiroq,
Chin ersa bu bor anda yetmak yiroq».
Tavakkal qilib rokib o‘ldi ravon,
Aduv kiniga rog‘ib o‘ldi ravon.
Tuzaldi yana iki yondin yasol,
Yana oshkor o‘ldi rasmi jidol.
Burunroqki maydong‘a kirgay birov,
Iki qotil etgan kibi so‘z garov,
Yetib
shoh Doro iki yonidin,
Qilich la’lgun qildilar qonidin.
Biri sug‘lubon gurdagohig‘a tig‘,
To‘kub yerga qonin aning bedarig‘.
Yana bir dog‘i tig‘ urub boshig‘a,
Qilib zulm aning zulmi podoshig‘a.
Yebon zaxm ul nav’ doroi taxt,
Yiqildi aningdekki oliy daraxt.
Tushub yer uza shohi Bahmannajod,
O‘chub mash’ali dudai Kayqubod.
Qazodin bu nav’ ish chu paydo bo‘lub,
Boshi uzra eldin alolo bo‘lub.
Sipohida paydo bo‘lub qo‘zg‘alish,
Sipah qo‘zg‘alur, shahg‘a chun tushti ish.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: