Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
126
Ulug‘lar chu altofidin topti bahr,
Ravon boshladi nukta Doroyi dahr
Ki: «Bois chekarga bu yanglig‘ sipoh,
Xaloyiq farog‘in qilurg‘a taboh
Bu erdiki,
chun Rumdin Faylaqus,
Jahon rihlati azmig‘a urdi ko‘s,
Qolibdur anga zodae majnunvashe,
Sudek kajrave, o‘t kibi sarkashe.
Yibormay xazoying‘a uch yil xiroj,
Boshig‘a sarafrozliq soldi toj.
Chu bordi kishi bilgali sharhi hol
Ki, o‘z xizmatin nevchun etmish o‘solg‘
Aning
birla bu mojaro surgali,
Baqoyoni devong‘a kelturgali.
Parishon takallum qilib beadad
Ki, yo‘qtur anga, o‘yla so‘z derga had.
Yana qildim irsol ko‘p nav’ pand,
Anga hech pand o‘lmadi sudmand.
Javobida ko‘p qildi tarki adab,
Meni dog‘i oshufta qildi g‘azab.
Yeshitgach qulaysiz maqolin aning,
Zarurat ko‘rub go‘shmolin aning.
Bo‘lub bois ul go‘lu nodon ishi,
Cherik jam’ig‘a chopti har yon kishi».
Dedilar qo‘pub, yer o‘pub shohlar,
Sipahbadlig‘
amridin ogohlar
Ki: «Qilmoqqa holini oning taboh,
Ne hojat edi aylamak azm shoh.
Bu yanglig‘ cherik hojat ermas edi,
Aning daf’ig‘a bir qule bas edi.
Qayu birga bu ish inoyat bo‘lur,
Hamonoki bu ish kifoyat bo‘lur».
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: