Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
104
Topib tig‘ining
barqi chun ishtiol,
Kuyub zangi andin nechukkim zugol
17
.
To‘kub erdi qon oncha ul xayldin
Ki, zang ahli ruxsori ul seldin,
Qaro dog‘lardek bo‘lub oshkor,
Bo‘lub
yer yuzi, o‘ylakim lolazor.
Iki-uch yil ichra necha bo‘yla razm,
Qilib erdi ul shohi farxunda azm
Ki, borida a’dosi mankub edi,
Kirib ilgiga ulcha matlub edi.
Bu fursatda fath aylagan marzu bum,
Bo‘lub iki-uch onchakim mulki Rum.
Qilib xaylin a’dog‘a
andoq daler
Ki, bo‘lg‘ay qulon qasdida narra sher.
Shukuhi oshib bahri zaxxordin,
Livosi o‘tub charxi davvordin.
Qilib tig‘i barqi jahonso‘zluq,
Yuzi mash’ali olamafruzluq.
Xayoli aro urmayin tobu pech,
Jahongirlik fikridin o‘zga hech.
Ne ofoqni o‘ziga keng ko‘rub,
Ne ofoqning shahlarin teng ko‘rub.
Atosi vafotidin uch yil o‘tub,
Ishi lek o‘n oncha rif’at tutub.
Bu uch yil aro ko‘ngliga yetmayin,
Xayolig‘a
balkim xutur etmayin
Ki, Dorog‘a bo‘lg‘ay ishi ehtiyoj,
Anga xud ne etgayki, bergay xiroj.
Birovkim azaldindurur rif’ati,
O‘zidek rafe’-o‘q erur himmati.
Bukim bo‘lg‘usi xasm Doro anga,
Kerak zohir etmak madoro anga.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: