Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
67
Ki, Dorog‘a berdi qizin shohi Rum
Yasab zeb ila, o‘ylakim naxli mum. 
Bir ish bo‘ldikim, bemadoro ani, 
Atosig‘a qaytardi Doro ani. 
Hamonoki sur aylagan tun – sahob 
Sadafqa to‘kub erdi durri xushob. 
Chu vaqt o‘ldi, fosh ayladi ul sadaf
Durekim, jahon topti andin sharaf. 
Yana bo‘yla so‘z dog‘i mazkur erur 
Ki, «Ta’rixi furs» ichra mastur erur. 
Ki, olamda iki Skandar emish 
Ki, ikisi davronda dovar emish. 
Biri ulki, Doro bila qildi razm
Biri buki, sad bog‘layu etti azm. 
Va lekin bu fursatki donoyi dahr,
7
Berur erdi bu qissadin elga bahr. 
Ki, jomi safo urdi elga salo 
Ki, Jomiyg‘a yetkurmasun Haq balo. 
Skandar ishi erdi manzum anga
Bori holati erdi ma’lum anga. 
Manga ham chu mashg‘ulluq bu edi, 
Tavorix ollimda o‘tru edi. 
Bu yerda meni chunki ajz etti lol, 
O‘pub yerni, donodin ettim savol. 
Skandarga iki ekanni adad, 
Chu ollinda tahqiq edi, qildi rad: 
«Ul ishlar, – dedi, – birga voqe’durur, 
Guvohi aning nassi qote’durur»
8

Aningdekki aslin Nizomiy dedi, 
Hamul nav’ farzona Jomiy dedi 
Kim, ul Faylaqus o‘g‘li ermish yaqin
Yemas ahli ta’rix tardidi chin. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
68
Qilindi chu tahqiq tadqiq ila. 
Qilay emdi tadqiq tahqiq ila. 
Bu yanglig‘ bayon etti ta’rixsanj 
Ki, chun yovar o‘ldi saroyi sipanj. 
Skandarni topti malik Faylaqus, 
Yasab mulkin andoqki zebo arus. 
Ochib baxshishu bazl abvobini, 
Tuzatti base sur asbobini. 
Mulukona tartibu oyin bila
Yorutti ko‘zin ul jahonbin bila. 
Qilib hifzig‘a kecha-kunduz qiyom, 
Fuzunroq etib dam-badam ehtimom. 
Berib parvarishqa munosib xo‘rish, 
Munosib xo‘rishdin topib parvarish. 
Ani asramay koxu ayvon aro, 
Yasab yer ko‘ngul ichra, bal jon aro. 
Nechukkim tengiz durri shohonasin, 
Tengiz yo‘qki, kon la’li yakdonasin. 
Anga tegrukim bo‘ldi lafzi durust
Taallum ishi vojib o‘ldi naxust. 
Naqumohis
9
ollinda dastur edi 
Ki, hikmatqa olamda mashhur edi. 
Sipehr avjig‘a fikri sur’atnamoy, 
Falak sayridin royi mushkilkushoy. 
Nazar chobukin chun qilib tezbin, 
Bo‘lub noziri vajhi aynul-yaqin. 
Kishi yo‘q bilik ichra monand anga
Arastui farzona farzand anga. 
Chu tadbir ila daf’i ofot etib, 
Aning royidin shah mubohot etib. 
Bori ilm aro, o‘yla sohib kamol 
Ki, komil aningdek topilmoq mahol. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin