Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
63
Yana yetti Shopuri Hurmuzg‘a
9
zo‘r 
Ki, soldi sipah birla olamg‘a sho‘r. 
Yana Ardasher ibni Hurmuzg‘a
10
kavn, 
Yetishti chu ul Tengridin topti avn. 
Yana qildi Shopuri Shopur
11
kin 
Ki, ofoq anga bo‘ldi zeri nigin. 
Yana tuzdi Bahromi Shopur
12
jaysh 
Ki, ilgiga oldi to‘la jomi aysh. 
Yana oldi Feruzi bin Yazdijird,
13
Jahonda qilib adlu insof vird. 
Yana shah Yalosh ibni Feruz
14
edi, 
Adolat bila olamafruz edi. 
Qubod ibni Feruz
15
ham tuzdi bazm
Bu kox ichra, lekin qo‘yub qildi azm. 
Yana bo‘ldi Jomosb
16
kishvarsiton, 
Jahon bo‘ldi insofidin bo‘ston. 
Chu taxt oldi Nushirvoni Qubod,
17
Ul etti bino dahr aro adlu dod. 
Yana Hurmuz ibni Anushirvon,
18
Kiyurdi jahon jismi ichra ravon. 
Chu Parvezi Hurmuzg‘a
19
charx o‘ldi yor, 
Zamonida shod o‘ldi mulku diyor. 
Chu Sheruya
20 
og‘ozi kin ayladi
Aziz elni xoru hazin ayladi. 
Yana Ardasher
21
o‘ldi chun qahramon, 
Aning qahrig‘a qoldi ahli zamon 
Yana Ardasher o‘ldi kishvarxudoy, 
Jahon ahlig‘a bo‘ldi rahmatfizoy. 
Yana Kisri Arslon
22
topti far, 
Adam mulkiga ul ham etti safar. 
Yana Kisri
23
o‘ldi jahon dovari 
Ki, gardundin o‘tti aning afsari. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
64
Yana dahr Turonni
24
qildi aziz 
Ki, nisbatda Parvezg‘a erdi qiz. 
Jahon oldi Parvezi Bahrom
25
ham, 
Qo‘lig‘a tutub tig‘ ila jom ham. 
Yana bo‘ldi Ozarmi
26
afsarparast 
Kim, ul topti Turon yeriga nishast. 
Yana Farrux
27
oldi jahon kishvarin, 
Solib adl aro tab’i donishvarin. 
Yana Yazdijird
28
oldi mulku diyor, 
Ki, derlar laqabda ani Shahriyor. 
Qayu birki mulk oldi topti surur, 
Mubaddal sururig‘a bo‘ldi g‘urur. 
Jahon mulkin o‘z mulki qildi gumon
Gumoni hamon erdi – ketmak hamon. 
Qutuldi alar dahr ozoridin, 
Ketib bori, qoldi jahon boridin. 
Ayoqchi, manga jomi shohona tut, 
Tugangan soyi to‘ldurub yona tut! 
Chu ketgumdurur, dahr bazmi qolib, 
Ketay bori komimni maydin olib. 
Mug‘anniy, surud aytibon rud tuz
Vafosiz jahon birla padrud tuz! 
Chu ketmaklik andin erur noguzir, 
Dame xushdil o‘lmoq erur dilpazir. 
Navoiy, bu yanglig‘ emish dahr ishi, 
Vafo ko‘rmamish hargiz andin kishi. 
Kishilik budurkim, unutsang ani, 
Chu tarking qilur, tark tutsang ani! 
XV
Iskandar dostonining og‘ozikim, haq anjomig‘a yetkurg‘ay va tarixining iftitohikim, Tengri ixtitomi 
raqamin surgay va aning nasabida ixtilofkim, tarix ahli qilmishlar va ul ixtilofni raf’ etib, ahli tahqiq 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin