Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
45
Ko‘ngulda topilmasdin ozor edi, 
Va lekin topar fikrida bor edi. 
Munga tegrukim nazm elining shahi
7

Bu ish borcha dushvorining ogahi. 
Safo bazmining sofi oshomi ul, 
Bu dayr ahli sarhalqasi Jomiy ul. 
Yeshittim, qilib zeb daftar so‘zin, 
Qilur nazm go‘yo Skandar so‘zin. 
Vale qilmayin mayl holotig‘a, 
Shuru’ aylamishtur maqolotig‘a. 
Qo‘yubtur tavorixu afsonasin, 
Bitiydur degan durri yakdonasin. 
Bu so‘zdan manga yuzlanib shodliq, 
Topib xotirim g‘amdin ozodliq 
Ki, toptim durekim talabgor edim, 
Berib umr naqdin xaridor edim. 
Kim ul doston sori chun boqqamen, 
Ko‘p ortuqsi zevar anga toqqamen. 
Chu Haqdin bo‘lub lutf zohir manga, 
Nasib o‘ldi mundoq javohir manga. 
Yo‘nub xoma, kog‘az nigorish qilay, 
Ham ul dostonni guzorish qilay. 
Skandar jahondori kishvarsiton 
Ishidin chu nazm o‘lsa har doston. 
So‘zidin dog‘i yaxshi taqrib ila, 
Ham ul doston zaylida zeb ila, 
Suray hikmatoso maqolotini, 
So‘z ichra ajoyib xayolotini. 
Berib doston zebi elga fireb, 
So‘zidin fireb o‘lg‘ay ortuqsi zeb 
Ki, farzonalar deb ko‘p afsona ham, 
So‘zin nazm etibdur bu farzona ham. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
46
Qadam ursam ushbu iki yo‘lg‘a men, 
Nekim borcha debdur, demish bo‘lg‘amen. 
Bo‘lub garm ne harza so‘zlar dedim, 
Magar mast edim, yo‘qsa majnun edim. 
Bu damkim xirad mendin ogohdur, 
So‘zum borcha astag‘firullohdur. 
Haq etgay munga dog‘i ilgim qaviy 
Ki, bo‘lg‘aymen ul xaylning payravi. 
Alardin qachon yetmaguncha madad, 
Manga noma sabt etgali qayda hadg‘ 
Agarchi bu so‘zni ulus kam bilur, 
Vale men bilurmen, Xudo ham bilur. 
Ki, aylab yarim tunlar uyqu harom 
Ki, Haq sajdasig‘a qilurmen qiyom. 
Alarning ravoni puranvorig‘a, 
Bu birning dog‘i quvvati korig‘a
8

Qilib fotiha xatmi ixlos ila, 
Ko‘zum bahrida jismi g‘avvos ila, 
Qilurg‘a niyozimning isbotini, 
Tutub boshqa-boshqa alar otini, 
Tazallum yuzidin tazarru’ qilib, 
Madad har biridin tavaqqu’ qilib. 
Bulardin so‘ng ilgimga olib qalam, 
Nekim xotir istar qilurmen raqam. 
Ishim tobu oshubi pinhon emas, 
Qalam safhag‘a qo‘ymoq imkon emas. 
Bular yo‘qki, har kimki nazme demish, 
Va yo bu jamoatqa doxil emish. 
Borig‘a niyozu duodur ishim, 
Alardin madad muddaodur ishim. 
Chekarmen alar jomi shavqini xush
9

Vale pir Jomiyg‘a men durdkash. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin