Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
40
Ne bo‘stonki sayr ichra mavjud edi,
Haqoratdin ollimda mardud edi.
Xayolimda kishvarsitonlig‘ kirib,
Mamolikda sohibqironlig‘ kirib.
Bu andeshadin erdi ko‘nglumda
shayn
Ki, bo‘ldi ko‘ngul moyili xamsatayn.
Chu mashg‘ul bo‘ldum tamoshosig‘a,
O‘tub vodiyu tog‘u daryosig‘a.
Yorimchuq ko‘rub sayr tark etmadim,
Yere qolmadikim – anga yetmadim.
Jahone ko‘rundi ko‘zumga nihon,
Nihon, balki har bayti ichra jahon.
Qayu go‘shakim, nozir o‘ldum dame,
Nazarg‘a edi jilvagar olame.
Vale tog‘ining tig‘i ul nav’ tez
Ki, ko‘k xam bo‘lub, aylab andin gurez.
Itiklikta har xora toshe anga,
Kamarda kelib «durboshe» anga.
Bo‘lub
lola qon, sabza tig‘i halok,
Giyohi dog‘i sarbasar zahrnok.
Xaloyiqqa otmoqqa sangi balo,
Yetak ham to‘lo anda, ham qo‘l to‘lo.
To‘lo g‘orlar ajdahoyi damon,
Dami o‘ylakim ajdahoyi zamon.
Yutarg‘a chu og‘izlari ochilib,
Sharori balo har taraf sochilib.
Ul o‘tqa o‘tun tishlaridin qalab,
Zabona tilidin falakni yalab.
Yana
bahri zaxxori andoq amiq
Ki, anda falak jungidek yuz g‘ariq.
Ubur aylab ul yon balo sarsari
Ki, mavji balo yuzlanib har sari.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: