Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
35
Chu istab tarab tab’i ozodasi, 
Quyub nazm jomig‘a so‘z bodasi. 
Aning jur’asi elni mast aylabon
Demay mastkim, mayparast aylabon. 
Ne jomeki, may jur’asidin name, 
Tarashshuh qilib, mast o‘lub olame. 
Bu yanglig‘ki jomi maoniy tutub, 
Malak xaylig‘a do‘stgoniy tutub. 
Bo‘lub chun aning jomidin jur’achash, 
Bo‘lub charx so‘filari jur’akash 
Ki, mash’uf o‘lub jomi mastonag‘a, 
Garov aylabon xirqa mayxonag‘a. 
Yangi oyni jomi hiloliy qilib, 
Nechakim to‘la bo‘lsa xoli qilib. 
Janohayn o‘lub sukrdin xokro‘b, 
Gahi dastafshon, gahi poyko‘b, 
Bu nav’ o‘lsalar Arshi A’zam eli, 
Ne bo‘lg‘ay, xayol ayla, olam elig‘ 
Chu ul jomdin obi hayvon topib, 
O‘ni jon berib, gar biri jon topib. 
Dema jom ila mayki, nazmi ravon
Yeru ko‘k elin ayladi notavon. 
Qayu nazm, balkim jahon ofati, 
Jahon ofati yo‘qki, jon ofati. 
Yeshitmakligi zavqnok aylabon, 
Vale darki ma’ni halok aylabon. 
G‘azal dardu so‘zini, vah-vah, ne dey, 
Desa masnaviy, Alloh-Alloh, ne dey! 
Agar nazmdin borcha uslub anga, 
Bori bir-biridin erur xo‘b anga. 
Vale masnaviy o‘zga olamdurur 
Ki, ta’big‘a holo musallamdurur. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
36
Bo‘lub jilvagar tab’i ko‘zgusida 
Ki, sabt ayladi «Xamsa» o‘trusida. 
Yerur andin ortuqki, o‘ksuk emas, 
Yel andin der ortuqki, o‘ksuk demas. 
Aning baytig‘a gar fuzundur adad
Vale yo‘qturur munda ma’nig‘a had. 
Necha anda durji daqoyiqdurur, 
Vale munda durri haqoyiqdurur. 
Bo‘lur oni bahru muni kon demak, 
Ani ko‘ngul, ammo muni jon demak. 
Burun jilva aylab ayon «Tuhfa»si, 
Berib olam ahliga jon tuhfasi. 
Yana «Subha»
3
jon rishtasin tor etib 
Ki, har muhra bir durri shahvor etib. 
Chu Yusuf
4
so‘zin oshkor aylabon, 
Zulayho kibi elni zor aylabon. 
Chekib xoma «Layliyu Majnun»
5
sari, 
Yuz ofat solib tog‘u homun sari. 
Bu damkim qilib xomasin durfishon, 
Skandar hadisidin aytur nishon. 
Shak ermaski, fath aylabon xushku tar
Skandar kibi olg‘usi bahru bar. 
Bukun komil ul nav’ mafhum emas, 
Burun bor ekan dog‘i ma’lum emas. 
Birov ko‘ngli ollindakim sofdur, 
Agar zarkash, ar bo‘ryobofdur. 
Agar bo‘lsa o‘z fannida bebadal, 
g‘animatdur ul borchag‘a filmasal. 
Birovkim anga nafas qudsiysifot
Nafas birla o‘lganga bergay hayot. 
Qayu kimsakim ahli idrokdur, 
Anga jon fido qilsa ne bokdur. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin