Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
29
Ham ul bahru gavharg‘a afsonadur. 
Bashar tab’ining ishvagar dilbari, 
Nazardin nihon, ul sifatkim pari. 
Dilorolig‘ anda jahon dar jahon
Latofat ani ko‘zdin aylab nihon. 
Vale gar tilab xalq ofatlarin, 
Kiyib savt ila harf kisvatlarin. 
Hulalkim jamolin mushakkal qilib, 
Ma’oniy duridin mukallal qilib. 
Yuziga berib zeb san’at bila, 
Solib zulfig‘a tob diqqat bila. 
Berib nuktadonlig‘ fasohat anga
Yasab nuktaronlig‘ balog‘at anga. 
Lutufdin yuzin aylab orosta, 
Bo‘lub, o‘ylakim mohi nokosta. 
Og‘iz ravzanidin xirom aylasa, 
Quloq hujrasig‘a maqom aylasa. 
Ne o‘tlarki solg‘ay jahon ichra ul
Jahon ichra yo‘q, insu jon ichra ul. 
Bu hol o‘lsa minbar uza oshkor, 
Vara’ ahlining ko‘nglin aylab figor. 
Biri nolai dardnok aylabon, 
Biri dalqi pashmina chok aylabon. 
Bu yanglig‘ki, sharh ayladim mojaro
Agar zohir o‘lsa xarobot aro, 
Bir o‘t durdkashlarg‘a solg‘ayki dahr, 
Topa olmag‘ay shu’ladin o‘zga bahr. 
Ko‘kusga qoqib yumrug‘ o‘rnig‘a tosh, 
Urub yer uza bo‘rk o‘rnig‘a bosh. 
Damekim, anga zohir o‘lmay vujud, 
Gum erdi adam ichra budu nabud. 
Ne bu yeti qandili volo edi, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
30
Ne to‘quz sipehri muallo edi. 
Adam erdi har neki mavjud erur, 
Juz ul zotkim, foyizi jud erur. 
Ham ul vahdati sirf bo‘stonidin, 
Ne bo‘ston, haqiqat gulistonidin. 
Burunroq nasimeki urdi nafas
Yeshitgil nafaskim, so‘z erdiyu bas. 
Ochildi chu ul yel – dam urdi nuhuft, 
Adam ichra yuz g‘unchai noshukuft. 
Qayu g‘unchakim, gulshani koinot, 
Bu jonbaxsh yel birla topti hayot. 
Nima ofarinishda tutmay o‘run 
Ki, tebranmish o‘lg‘ay bu yeldin burun. 
Qayu vardkim, keldi anbarshamim, 
Ani bilki ochmishdurur bu nasim. 
Magar bo‘ldi Ruhul-quds hamrahi
Va yo keldi anfosi Ruhullahi. 
Aning birla koni maoniy kutub, 
Yo‘q arziy kutub, osmoniy kutub. 
Necha qidmati ortuq andozadin, 
Vale dam-badam tozaroq-tozadin. 
Jahon gulshani ichra bu toza gul
Quyosh vardidek oliy ovoza gul 
Ki, andindurur dahr bog‘ig‘a atr, 
Bori ofarinish dimog‘ig‘a atr. 
Vale voqe’ o‘lmish tafovut base, 
Biri gulbun o‘lmish, yana bir xase. 
Bu gavhardin o‘ldi to‘la g‘arbu sharq, 
Vale topti qiymatda bisyor farq. 
Birovga yetishgonga qiymat pashez
Yana birga qiymat kelib ganjxez. 
Bu ganj olgon ul nodiri fard6 erur 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin