Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
24
Qadam urmog‘im bemadoro bo‘lub
Kim, ul xora yo‘lumda xoro bo‘lub.
Qilib tang‘a osudalig‘ni harom,
Hamul to‘rt manzilni qildim xirom.
Yo‘lum ichra manzil chu bu to‘rt edi,
Chiqorim biyik, o‘ylakim o‘rt edi.
Solib chun biyik yo‘lg‘a chiqmoqqa xez,
Makon
tay qilib, o‘t kibi garmu tez.
Ne manzilg‘a yetguncha gar ranj o‘lub,
Vale bahra manzilda bir ganj o‘lub.
Qo‘yuldi chu to‘rtunchi manzilg‘a gom,
Dedimkim, qilay to‘rt-besh kun maqom
Ki, yo‘l ranjidin notanumand edim,
Tinorg‘a, base orzumand edim.
Necha kunki daf’ o‘ldi farsudaliq,
Mizojimg‘a yuzlandi osudaliq.
Tabiatki xo‘yi kasolatdurur,
Taraddud anga sa’b holatdurur.
Xususanki tovsholmish o‘lg‘ay base,
Qotig‘ po‘yadin tolmish o‘lg‘ay base.
Besh-o‘n kunchakim bo‘ldum oromjo‘y.
Nishoti mayu nuqldin komjo‘y.
Havo
andoq aylabdur oni lavand,
Tarab tanbalu, komu g‘aflat tanand,
Ki, juz mayli komu murod aylamas,
Qadam yo‘lg‘a urmog‘ni yod aylamas.
Desam azm targ‘ibig‘a yuz masal,
Aning daf’ig‘a ko‘rguzub ming hiyal.
Yo‘l emgaklarin yod qilg‘on zamon,
Bo‘lur xotiri azm etardin ramon.
Dame bemayu
nuql masrur emas,
Manga oning islohi maqdur emas.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: