Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
22
Ne parvonakim, borcha sham’in tutub,
Aning mash’ali nuridin yorutub.
Falak ahlin aylab chu nur ichra g‘arq,
Falakdin inib yerga andoqki barq.
Guli chun qilib toza bu bog‘ni,
Yetib g‘ayrati Arsh tufrog‘ni.
Tushub bo‘lg‘och oromgohi visoq,
Yonib payku jannatqa eltib Buroq.
Munungdek
safarkim emas xalq ishi
Ki, sharhin aning aylay olmas kishi.
Xiradni ne tong aylasa badgumon
Ki, boshtin-oyoq bor emish bir zamon.
Borib kelmak andoq topib ittisol
Ki, bo‘lmoq burun so‘ngra lafzi mahol.
Ne
yerga yetishgay xirad bilmagi,
Bor ersa borurdin burun kelmagi.
Dame sayr etardin biyik himmati,
Murodini hosil qilib ummati.
Borig‘a berib mujdai shodlig‘,
Gunah intiqomidin ozodlig‘.
Navoiyg‘a bo‘lsa gunah behisob,
Anga ham, gunohig‘a ham ne hisob.
Shafe’ o‘lg‘on o‘lsa bu yanglig‘ rasul,
Haq ul nav’ ani qilg‘on o‘lsa qabul,
Ishi
necha jurm ichra mushkildurur,
Bag‘ishlang‘on el ichra doxildurur.
Qachon hojati bo‘lg‘ay erdi ravo,
Agar topmasa erdi mundoq navo.
V
Bu «Xamsa» takmilidakim, salavoti xamsa adosidek avval fajr sajadotidin «Siymohum fi vujuhihim min
asarissujud» zumrasig‘a kirildi va zuhr rakaotidin «Varkau maarrokiin» xaylig‘a qo‘shululdi va asr
qiyomidin «Va iqomas-salovot» jamoatig‘a yuz qo‘yuldi va mag‘rib qiroatidin «Iqra’ bismi
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: